calendar 08 Mar 17:43
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xalqaro xotin-qizlar kuni: G‘azoda Isroil tajovuzi oqibatida o‘ldirilgan ayollar xotirlandi

image

Bugun dunyoda Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlanar ekan, G‘azodagi hukumat matbuot idorasi oktyabr oyidan beri xalqaro hamjamiyatning sukuti ostida Isroil tomonidan o‘ldirilgan 8,900 dan ortiq falastinlik ayollar uchun xotirlash marosimi o‘tkazdi. Bu haqda idora axborot xizmati xabar berdi.

Isroilning G‘azoga qarshi oktyabr oyida boshlangan genotsid urushi davomida hozirgacha 8,900 dan ortiq falastinlik ayol o‘lgan va 23,000 dan ortig‘i jarohat olgan, 2,100 nafari esa bedarak yo‘qolgan.

“8 mart kuni butun dunyoda Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlanadi, ular erishgan yutuqlari, kurashlari uchun ulug‘lanadi. Biroq, falastinlik ayollar erkinlik va qadr-qimmat uchun hamon jonlari bilan badal to‘lashda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Idoraning ta’kidlashicha, G‘azoda boshlangan urush yarim milliondan ortiq falastinlik ayollarni boshqa joyga ko‘chirilishiga olib kelgan va ular oziq-ovqat, dori-darmonlar kabi asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lmagan o‘ta qiyin sharoit ostida yashamoqda. Qolaversa 60 ming homilador ayol eng oddiy sog‘liqni saqlash va tibbiy talablardan mahrum bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir hududlarda qolmoqda.

Ayni vaqtgacha G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 30 800 nafarga yetgani qayd etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil urushi G‘azo aholisining 85 foizini oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sharoitida ichki ko‘chishga majbur qildi, anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 16:37
 
22
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef