calendar 09 Oct 12:40
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

image
Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.

Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba bergan edi. Shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubi va Bekaa mintaqasidagi 'Hizbulloh' manzillariga, jumladan, qurol saqlash joylari, infratuzilma obyektlari va uchirish inshootiga hujum qilgandi.

Bundan oldin Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi Dayr al-Bala shahridagi maktab va masjidga havodan zarba bergandi. Maʼlumotlariga koʻra, bu binolarda Falastinning 'HAMAS' harakatining qoʻmondonlik markazlari joylashgan.

Bungacha Isroil hujumlari orqali Hasan Nasrullohning merosxoʻri sifatida koʻrilgan Hoshim Safiy ad-Din ham yoʻq qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Hozir bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topgani yoʻq.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 16:59
 
22
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

10 Oct 17:10
 
25
0
xs.uz

AQSH va Fransiya kelishuv yoʻlini qidirmoqda – Livan

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni Isroilning Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 'Hizbulloh' guruhiga qarshi yirik hujumini amalga oshirayotgan va janubdagi Livan tinch aholisini uylariga qaytmaslik haqida ogohlantirayotgan bir paytda Isroilning hujumi Livan janubida besh nafar favqulodda xizmat xodimini oʻldirgan.Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, AQSH va Fransiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini tiklash maqsadida aloqalar olib borilmoqd

26 Aug 12:29
 
42
0
xs.uz

Telegram Durov hibsga olinganidan keyin ilk rasmiy bayonotni eʼlon qildi

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asoschisi va bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta rasmiy bayonotini eʼlon qildi.'Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan', deyiladi bayonotda.

10 Oct 17:44
 
24
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1