Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi
Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.
'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek vayronagarchilik va azob-uqubatlarga olib keladigan, uzoq davom etayotgan urushga tushib qolishdan qutqarish imkoningiz bor', dedi Netanyahu murojaatda.
Uning bu keskin ogohlantirishi Isroil harbiylari Livanga qoʻshimcha qoʻshin kiritib, janubiy qirgʻoq hududlari va poytaxt Bayrutning janubiy chekkalaridagi aholini evakuatsiya qilishni buyurgan paytga toʻgʻri keldi.
Shuningdek, Isroil 'Hizbulloh'ning Bayrutdagi nishonlariga zarba berganini aytganidan soʻng guruh Hayfa va uning chekka hududlariga raketa uchirgan, ularning bir qanchasi tutib qolingan.
Isroil oʻn minglab isroilliklarning shahar va aholi punktlariga qaytishiga imkon berish uchun Livan bilan shimoliy chegarasini himoya qilishga vaʼda berdi.
Shu qatorda Gʻazodagi Falastinning HAMAS va Livanning 'Hizbulloh' guruhlari Isroilga qarshi chiqishga shayligini bildirdi. Xususan, 'Hizbulloh' yetakchisi oʻrinbosari Naim Qosim guruh isroilliklarning shimolga qaytishiga imkon bermasligini aytdi.
Isroil hujumlari Livanning janubiy va sharqiy qismiga, shuningdek, janubiy va markaziy Bayrutga qaratilgan boʻlib, bir milliondan ortiq odamni oʻz uylarini tashlab ketishga majbur qildi.
Harbiy va xavfsizlik boʻyicha tahlilchi Ilyos Magniyerning aytishicha, Naim Qosim 'Hizbulloh'ning matbuot kotibi boʻlgan.
'Bu uning soʻnggi bir necha hafta ichida Livanga qarshi urush boshlanganidan keyingi ikkinchi chiqishi. U oʻziga ishongan, xotirjamroq, oʻzini yaxshi tutmoqda', dedi tahlilchi.
Tramp sogʻliqni saqlash uchun kichik Kennedini tanladi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp munozarali siyosatchi va vaksinaga shubha bilan qaraydigan kichik Robert Kennedini Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish kotibi etib tanladi. Kichik Kennedi oʻzining saylovoldi kampaniyasini toʻxtatib, Respublikachi nomzodni qoʻllab-quvvatlagan edi.'Men kichik Robert Kennedini Qoʻshma Shtatlar sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri deb eʼlon qilishdan juda xursandman', ' deb yozgan Tramp oʻzining '
Tramp “taxtga” qaytgach, Ukrainaning holi nima kechadi? Ukraina masalasida ayrim fikrlar oʻrtaga chiqmoqda
AQSHning yangi prezidenti Donald Tramp Ukraina urushini tezda yakunlash uchun Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Trampning sobiq maxsus vakili Kurt Volker maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp Putinga urushni toʻxtatishi kerakligini aytishni xohlaydi. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.Qayd etilishicha, Trampning qayta saylanishi AQSHning Ukrainaga koʻrsatadigan yordamiga qanday taʼsir qilishi mavhumligicha qolmoqda. Volkerning fikricha, Putin Tramp uchun
Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi
Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir
Dunyodagi chuchuk suv zaxiralari kamaydi
Tadqiqotchilar 2015-yildan 2023-yilgacha bohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlgan orbital kuzatuv mahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlumotlarini tahlil qilishdi. NASA sunhtml5-dom-document-internal-entity2-39-endiy yohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endldoshlari tomonidan tohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endplangan mahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlumotlar shuni kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrsatdiki, chuchuk suv, jumladan, daryolar, kohtml