Tramp sogʻliqni saqlash uchun kichik Kennedini tanladi
'Men kichik Robert Kennedini Qoʻshma Shtatlar sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri deb eʼlon qilishdan juda xursandman', ' deb yozgan Tramp oʻzining 'Truth Social' ijtimoiy platformasida.
'U Amerikani yana sogʻlomlashtirishga yordam beradi. Baʼzi narsalarni oʻzgartirishni xohlaydi va biz unga buning uchun imkon berishimiz kerak', ' degan Tramp 6-noyabr kuni oʻzining gʻalaba nutqida.
Sogʻliqni saqlash va inson xizmatlari departamenti AQSHda federal darajada sogʻliq bilan bogʻliq deyarli hamma narsa uchun javobgar hisoblanadi. U oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi, Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari, Milliy sogʻliqni saqlash institutlari hamda moddiy imkoniyati cheklanganlar, 65 va undan katta yoshdagilar, nogironlar uchun sogʻliqni saqlashni taʼminlaydigan yirik dasturlarni nazorat qiladi.
Florida shtatidan senator Marko Rubio davlat kotibi lavozimiga saylanib, bu tanlov koʻpchilik tomonidan maʼqullangan. Trampning bosh prokuror sifatida ochiqchasiga kongressmen Mett Getsni, mudofaa vaziri etib 'Fox News' boshlovchisi Pit Xegsetni va sobiq demokrat kongressmen Talsi Gabbardni milliy razvedka direktori etib saylagani koʻproq bahsli munozaralarga sabab boʻldi.
Kennedi yetakchi demokrat siyosatchilar oilasidan. 1963-yilda Dallasda oʻldirilgan sobiq prezident Jon Kennedi uning amakisi edi. Uning otasi AQSHning sobiq bosh prokurori va senatori Robert Kennedi ham Oq uyga oʻz nomzodini qoʻyganidan besh yil oʻtib otib oʻldirilgan.
Kennedi dastlab Nyu-Yorkdagi Gudzon daryosini tozalash uchun tashkil etilgan 'Waterkeeper Alliance' asoschisi sifatida yuqori darajadagi ekologik huquqshunosga aylandi. Guruh 48 ta davlatga tarqalib, toza suvga yoʻnaltirilgan eng yirik notijorat tashkilot hisoblanadi.
Uning ustuvor yoʻnalishlaridan biri inson salomatligiga qaratilgan boʻlib, surunkali kasallik epidemiyasi deb ataladigan holatlar, jumladan, semirish, diabet, autizm va oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalarni kamaytirish shular jumlasidan.
Kennedi oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy asboblar xavfsizligini taʼminlaydigan 18 ming xodimdan iborat Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasini yangilashni va Milliy sogʻliqni saqlash institutidagi yuzlab xodimlarni almashtirishni taklif qildi. Shuningdek, u qizamiqqa qarshi vaksinalarning foydaliligiga shubha bildiradi. Uning munozarali qarashlari oʻz oilasi bilan kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan. 'Biz uning nomzodini qoralaymiz va bu bizning mamlakatimiz uchun xavfli deb hisoblaymiz', ' degan uning yaqinlari.
Endi Ukraina Rossiya ichiga zarba bera oladi — OAV
Amerika Qoʻshma Shtatlarining isteʼfoga chiqishga tayyorlanayotgan rahbari Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududida zarba berish uchun AQSH tomonidan taqdim etilgan qurollardan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda 'Reuters', 'New York Times' kabi ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Shuningdek, ikki AQSH rasmiylari Ukraina yaqin kunlarda qurol yordamida uzoq masofaga hujumlar uyushtirishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan. Hozircha Oq uy bu xabarlarga izoh bermagan.'Bugungi kunda koʻpch
Kinolog yosh bolalar bor uylar uchun eng xavfli it zotlari haqida maʼlumot berdi
AQSHlik kinolog yosh bolalar boʻlgan uylarda saqlash xavfli boʻlgan itlar zoti haqida maʼlumot berdi.Floridalik Garret Ving huquq-tartibot idoralarida 18-yil davomida kinolog boʻlib ishlagan va keyinchalik itlarni xususiy ravishda oʻrgatishni boshlagan.U Tibet mastifini bolalar uchun eng xavfli itlar roʻyxatida uchinchi oʻringa qoʻydi. Mutaxassisning fikricha, ularning boʻyi 65 santimetrdan, vazni esa 68 kilogrammgacha yetishi mumkin.'Bunday it boʻrilar toʻdasi bilan kurashishga qodir
Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi
Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida fao