calendar 23 Apr 03:36
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Taniqli adib 75 yoshda

image
Oʻziga xos va maʼnodor hikoyalari, 'Galatepaga qaytish', 'Isteʼfo' kabi goʻzal qissalari, turgʻunlik yillari haqida soʻzlovchi ajoyib 'Lolazor' romani bilan oʻzbek kitobxonlari orasida sevimliga aylangan taniqli yozuvchi Murod Muhammad Doʻst bugun 75 yoshga toʻldi.

Ijodkorni tugʻilgan kuni bilan tahririyatimiz nomidan chin dildan qutlab, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik, uzoq umr tilaymiz!

DASHT-U DALALARDA

(hikoya)

Xadicha ketdiyu koʻnglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli oʻlik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi ' uyni tark etdi, boqqa olib tushadigan qiyalikdagi bobosidan qolgan yertoʻlani oʻziga boshpana qildi. Odamlarning kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi ' chidab oʻtirishi qiyin boʻldi.

Yertoʻla eski boʻlsa ham havosi quruq edi. Yeri naq metin ' choʻkich tegsa, chaqin chiqadi. Qoratoyni ham ichkari olib kirdi. Bechora it ochiqqa oʻrgangan edi, yertoʻlaga koʻnikolmadi, uch-toʻrt kecha uvlab chiqdi, lekin ' yoʻq, keyin-keyin egasining holiga tushundi chogʻi, poygakka toʻshalgan poxol ustida indamay yotadigan boʻldi.

Yertoʻla avvaliga sal vahimali koʻrindi. Shifti past, agar chiroq boʻlmasa, naq lahadning oʻzginasihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Asta-sekin yertoʻlaning goʻrsimon ekaniga ham koʻnikdi. Yomgʻirli bir tunda uyqusiz yotib, uzoq oʻyladi, oʻzining tirikligini oʻyladi, yonida iti Qoratoy borligini, Xadichaning ketganinihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Bir oʻzi ketsa goʻrga edi, qizchani ham yetaklab ketdi. Shu tariqa, xayoli toʻrt yashar qizchasi Chamanga ogʻdi, qizim hozir Shoʻrquduqning koʻchasida bemalol oʻynab yurgandir, deb oʻyladi, hatto uning qoʻlchalarini tuproqqa belab qichqirayottanini eshitganday boʻldi. Yarim tun ekani, tashqarida yomgʻir sharros quyayotgani ' barisi bekor edi. Xoʻrligi keldi, oʻzidan xafa boʻldi, keyin poygakda xumday boshini yerga qoʻyib mudrayotgan itiga soʻzlandi: mening holim shu, Qoratoyjon, xotin ketdi, har kim oʻz yoʻliga ekanhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

It otini eshitib, koʻzlarini ochdi: Polvon gapirib yotaverdi. Goʻyoki bor alami tanidan hovurdek koʻtarilib, butun yertoʻlani toʻldirayotganday edi. Qoratoy egasining qarashiga chiday olmadi, poxol ustida gʻujanak boʻlib, yana koʻzlarini yumdi.

html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endKunlar shu zaylda oʻtaverdi. Singlisi Adolat har kech sigir sogʻar mahali holidan xabar olib turardi. Akasining oʻrligini bilar, shu sababli unga koʻpda aql boʻlavermas edi. Lekin, axiyri u ham chidab turolmadi.

' Mengayam oson tutmang, aka, ' dedi. ' Joʻjabirday jonman, qaysi birovlaringga qarayman? Odamlarga kulgi boʻldik, aka, bu kuningizdan oʻlganingiz behroq edi!..

Har safar singlisi kelganda miq etmay yotadigan odam, bu gal ilkis qoʻzgʻaldi:

' Men oʻlsam tinchiysanmi, Adol?

' Qaytib oldim, aka, ' dedi u. ' Tillarim qirqilsin, aka, qaytib oldim!html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Senga ogʻirim tushgani rost, ' dedi Polvon. ' Sal sabr qilgin, singil, men avval old-ortini bir oʻylab olayhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Oʻshandan beri Adolat qorasini koʻrsatmaydi. Olib kelgan narsasini ham yertoʻladan tashqariga, eski toltovoqning ostiga qoʻyib ketadi.

Kunduzlari bir nav ' yolgʻizlik koʻp bilinmaydi. Ertalab qoʻliga gavron olib choʻlga chiqib ketgani bilan to shomgacha podaga andarmon boʻlib yuradi. Baxtiga, sherigi Hasanboy kamgaproq odam, bir marta uylanib, yil oʻtmay ajrashgan. Polvonning xotini ketib qolganiga koʻp ham ajablanmaydi.

Kunduzlari bir nav, jami azob shomdan keyin, ifti past yertoʻlaga qaytgan mahali boshlanadi.

Xadicha yoningda yotganida oʻlim yodingga tushsa ham qoʻrqmaysan: xotining bor, bolang bor, tepangda ' xudo, e, bir gap boʻlarda, deb oʻylaysan. Xadicha boʻlmasa qiyin ekan. Endi uning siyogʻi ham esdan chiqqanday: bechora salga shamollardi, shamollab dimogʻi chippa bitganida pishqirib bezor qilardi, huda-behuda chiroq yoqardi, ivirsib gʻashingga tegardi, lekin bari borligi durust edi ' ovunarding, istagan paytingda qoʻl uzatsang yetadi, gʻingshisa gʻingshir, iloji yoʻq oʻrtada non singan, nikoh oʻqilgan; bagʻringga bosib yuzi koʻzidan muchchi olgan chogʻlaringda bechora kichrayib qolardi, uku kichkina, lekin sen ham oʻzingni pardek yengil sezasan; dimogʻingda sutning hidi, qayoqqadir uchib ketgilaring keladi; doim koʻklam boʻlsa, koʻkalamzor boʻlsa, yalang oyoq, yalang bosh, pardek yengil Xadichani koʻtarib hovlidan chiqsang, keyin shu koʻtargancha ketsang, hech kimdan uyalmasang, ketsang, yoʻlingda birov uchramasa, ketsangda, qayoqqa ketayotganingni oʻzing ham bilmasang!

* * *

U xotinini umrida bir marta ' chimildiqda amallab koʻtarib olgan, xolos. Faqat, baʼzan poda ketidan yurganida xayoli ogʻib, uni ana shunday koʻtarib chopmoqni istaganlarini eslaydi. Chimildiqda ikkita ayol etagidan bosib turgan, bittasi ' Xadichaning oʻrtancha ammasi, shunchaki etakdan bosmay, naq taqimiga qistirgan. Polvon unda yosh edi, birmuncha shoʻxligi ham bor, kishibilmas timirskilanib turib, Xadichani qoʻltigʻidan shartta koʻtardi. Ammo gʻaflatda qoldi, kapadek boʻlib agʻdarilib tushdi. Uni rosa kulgi qilishdi. Xotin-xalaj baralla kuldi. 'Mana senga, Oybuvi, mana senga kuyovning zoʻri', deyishdi. Zoʻru nozoʻri kimga kerak ' shunchaki gap boʻlsa bas, hamma ogʻziga kelganini aytadi, hammaning dimogʻi chogʻ. Polvon chimildiq ortidan mast odamday gandiraklab chikdi, chiqdiyu koʻchada shoʻrquduqlik yigitlar bilan oʻralashib turgan joʻralarini koʻrdi. Kuyovning oʻzi chiqqach, shoʻrquduqlik bittasi battar avj qildi: 'Senga Xatcha hayf, Polvon, ' dedi. ' Oʻzimizdan ortib qolgani yoʻq edi, qulogʻini tishlab qoʻyuvdik, haliyam tashlab ketaber!html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end' Polvonning yomon ajinasi tutdi, lekin urishgani joʻralari qoʻyishmadi, neki harbu zarb boʻlsa, oʻzlarini balogardon qilishdihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Soʻng, Shoʻrquduqdan chiqar mahal, koʻchaning adogʻida, ular tushgan ulovga tosh yogʻildi. Polvon sal enkayib, kelinning boshida turdi, lekin Xadicha shusiz ham bexatar edi. Ust-boshi qalin, yumshoq ' unga hech ziyon yetmadi. Birgina Gʻuchchi cholga tosh qattiqroq tegdi, bechora yilqichi, alami tutib, ovozining boricha aytib qoʻyaberdi: 'Nokas shoʻrquduqlik, mening aybim nima? Chimildiqqa kirgan menmi?!' Uning baqirganiga birov parvo qilmadi. 'Yor-yor-yoron-ey!' deb qoʻshiq aytishdi. Uni Shoʻrquduqdan qoʻshilib chiqqan kelinning xeshlari boshladi. Galatepaliklar avvaliga iymanibroq turishdi, keyin ular ham qoʻshildi, to oʻzlarining sarhadlariga yetguncha boʻkirib borishdi: 'Tomda tovuq yotadi, yor-yor-yoron-ey, oyogʻi sovqotadi ёр-ёр-ёрон-эй!..' Yolgʻiz Polvon qoʻshiq aytmadi. Indamay keldi. Gʻalati edi. Yonida ' Xadicha, hali yuzini tuzukroq koʻrolgani ham yoʻq, uyatu qoʻrquvdan bir burda boʻlib oʻtiribdi, ulov har silkinganda yelkasi tegadi, xuddi bir yashin urganday, oʻt, olov, qiyomatning naq oʻzi!.. Keng bir dala, Yoʻl, ulovhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end E, Xudo, ulov degani muncha imillamasa!.. Bir yoqda qoʻshiq, bir yoqda Gʻuchchi chol, haliyam soʻkinyapti: shoʻrquduqlik nomard chiqdi, koʻchada roʻpara boʻlolmadi, orqadan tosh otdihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Endi Gʻuchchiga qiyin, endi uning gʻurrasini Galatepa rosa bir oy kulgi qiladi, ajab boʻpti, xoʻb boʻpti, sen cholga kuyovnavkarlikni kim qoʻyibdi; e, enalari oʻlsin, nimasini eslaysan, Polvon, eslagulik joyi qoldimi! Yoningda Xadicha yotsa tuzuk, Polvon, hali bu koʻrganlaring oz, Polvon!..

* * *

Xadicha bir sidra kiyimini tugun qilib, poygakda qotib turdi, bechora biror sado chiqishini kutdi, lekin Polvon er boʻlib bir narsa demadi. Xadicha dahlizga chiqib yana birpas turdi, hovliga chiqib hovlida turdi, ilindi, qaytarib olarku, dedi, ammo Polvon teskari-toʻng boʻlib yotaverdi, soʻng, Xadicha darvozaga yetganda chidab turolmadi, qizchasi Chamanni qoʻlidan sudrab chiqdi: 'Ma, muniyam obket, pishirib yeysanmi, isqotingga қўясанми!..' Musht yeganda yigʻlamagan ayol, buni eshitib yomon boʻshashdi, koʻziga yosh oldi: 'Hah, falak!' dedi. ' Mayli, ketsam ketayin, beqadr boʻldim, mayli, Xudodan toping'. Shu gapni aytdiyu qizini yetakladi-ketdi. Qancha yotganini bilmaydi, bir payt chiqib qarasa, Xadicha uzoqlabdi, Shoʻrquduqning yoʻlida qizini iyartib ketyapti. Polvon Toshgazagacha izma-iz bordi, lekin ularning qayrilmaganini koʻrib shartta toʻxtadi, avvaliga gʻazabi yoʻq, ichi toʻla alam, chakmonining bariga bir urdi: 'Hay, mayli, ketsang ketaber, Xatcha, Shoʻrquduq borasanmi, nariroqqa oʻtib ketasanmi, bir boshimda bir kunim, men ham sensiz uloqib ketmasman!html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end'

Orqaga qaytdi. Hovlida oʻtirib, zambilgʻaltakning boʻshagan tirsagini sozladi, chalgʻining tigʻini peshladi, oʻzini yupatdi, hatto sal ovunganday ham boʻldi, keyin, kech tushganda qarasa, taqron joyda toq oʻzi oʻtiribdi, dardlashgudek mahrami yoʻq, yigʻlayin desa, koʻr boʻlgur koʻzga yosh kelmaydi. Notavonligini endi sezdi, alamidan xotin bechoraning uyda qolgan kiyim-kechagini hovliga olib chiqib oshpichoq bilan qiymaladi, kultepaga eltib koʻmdi. Yoʻq, bu bilan hav tinchimadi, kultepaga oʻzini eltib koʻmsa ham tinchiguday emasdi. Bezovta, beorom, miyasiga qurt tushgan qoʻchqordek hovlini gir aylanib yugurdi. Aylanaturib darvozaga roʻpara boʻldiyu, uni lang ochiq koʻrdi. Koʻchaga chiqdi. Shoʻrquduqqa yoʻl tutmay, toʻgʻri Salim saqichnikiga burildi. Borsa, Salim hovli oʻrtasida sandal qoʻyib, oldida magʻzava toʻla togʻora, bir parcha pishiq gʻisht bilan tovonining yemini qirtishlab oʻtiribdi. Polvon togʻorani bir tepib agʻdardi, soʻng Salimning yoqasidan oldi. Oʻrtaga Maxfirat tushmaganda oxiri yomon boʻlardi. Salim uning qoʻlidan yulqinib uyga chopdi, zum oʻtmay otasidan qolgan qoʻshtigʻni koʻtarib chiqib, Polvonga oʻqtaldi: 'Ket, boʻlmasam otaman!' Mahfirat miltiqqa koʻkragini tutdi: 'Avval meni отасан!..' Polvon uni chetladi: 'Qoʻy, singlim, ering hazillashyapti'. Yoʻq, xotin aytganidan qolmadi, eridan miltiqni yulqib olib, hamsoyaning hovlisiga otdi. Polvon boshqa musht koʻtarmadi, gʻazabini ichiga yutib, tashqari chiqdi. Hayal oʻtmay, ortidan Salim saqich ham chiqib keldi, qachon yirtib ulgurgan boʻlsa ham, egnidagi kiyimning butuni yoʻq, yenglariyu ishtonining baloqlarigacha roʻdapoday osilib yotibdi, boshidan tuproq sochganmi, aft-basharasining kulga yumalagan toyxardan farqi kam, chiqasolib Nizomboy milisaning uyiga joʻnadi. Polvonning xayoli qochdi: bu nomard boshini yorishdan ham toymaydi! E, opketsa, opketar, nima, ortingda yigʻlab qoladiganing bormi! Mayli, oxirigacha nomardlik qilaversin, Nizomboyga chaqadimi, boshqa qiladimi, mayli, shu nomardning ham xusuri qonsin!..

Oʻzi keyingi paytlar Salim saqich bilan oshnachilikni bas qilmoqchi edi. Bir-ikki bor atay soʻkishgani chogʻlanib bordi. 'Zora soʻkishib qolsagu ora ochilib, yuzkoʻrmas boʻp ketsak', deb oʻyladi. Yoʻq, soʻkish ham oson emas ekan, odamning yuzidan oʻtishi qiyin boʻldi.

Ikki piyola aroq ichguncha har ne janjalga xezlanib oʻtirdi. Keyin sal kayfi oshdi. Salim saqichga rahmi keldi. 'Bu dayus sil, qon tuflab yurib, oʻzini oʻnglaguncha ozmuncha urindimi', deb oʻyladi, qiynaldi.

Salim Kattaqoʻrgʻondan murch, saqich, hushtak, hatto okak odam nomus qiladigan narsalargacha olib kelib otardi. Keyin ana shu attorlikdan tushgan sarmoya bilan boshqa bir ishni kasb qildi. Kechqurunlari, kishloqda ismi doʻkon yopilgan mahal, soʻrab kelganga bir soʻm ustamasi bilan aroq sotadi. Hozir endi tuzuk boʻlib qolgani ' yuziga qon yugurgan, yoʻtali yoʻq, gaplari ham dadil.

Oxirgi gal Salim saqich unga nasihat qilgan boʻldi:

' Bu ishingni qoʻy, bola, sen koʻp ichaverma.

Polvon uning nasihati astoydil ekaniga ishonmadi, kuldi. Salimning esa jahli chikdi.

' Men bir oti yomon odamman, Polvon ukam, ' dedi u, ' Eshitsang, oʻzing uchun eshitasan, eshitmasang ' otangning goʻriga!..

' Gaping oʻzi qiziqda, Salim ' deb eʼtiroz qildi Polvon. ' Oʻzing quyib berasanu, ichmagin, deb aytganing nimasi? Keyin, oshna, Xudo boʻlsang ham, ota-buvamni oʻrtaga qoʻshma, tepada tinch yotsin, men hali oʻzimdan qolganim yoʻq.

' Holingga boqmaganing yomon, ' deb kuldi Salim saqich. ' Oʻzingcha ne xayollarga borib yuribsan! Aytib qoʻyay, menga koʻp shox qilaverma, boʻlmasa, naq changingni chiqaraman! Sen bu yokda ichib yurasan, xotinchang Shoʻrquduqqa bir oylab oʻtlagani ketadi!..

Polvon Salimni jagʻiga bir urib koʻrpachaga qulatdi. Lekin u taslim boʻlmadi, tishining orasidan sizayotgan qonni kafti bilan sidira turib, yana gapirdi:

' Sen bu yoqda, u naryokdahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Enasinikida oʻsma qoʻyib oʻtiribdi, deb oʻylaysanmi!..

' Bas qil!html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Boʻpti, men bas qildim, lekin sen ham oʻzingga ehtiyot boʻl, Polvon ukam! Kuchingni xotinga ham koʻrsatib tur!.. ' Salim saqich pixillab kuldi.

Polvon tagʻin musht koʻtardi, lekin urmadi, shartta joyidan turib joʻnadi. Yoʻl boʻyi Xadichani oʻyladi. Buzuq desa, buzuqligiga ishonmaydi, tuzuk desa, erta bahorda Shoʻrquduqqa ketib, rosa ikki hafta oʻsha yokda qolgani rost. 'Sattorqulning xotini tugʻibdi', degan edi. Bunisini Polvonning oʻzi ham bilardi. Shoʻrquduqqa borganida bidillab qarshi oladigan tojik qiz ' Sattorqulning xotini keyingi safar undan tortinibroq turgan edi. Oʻchoqning boshidan beri kelmagan. Oʻzi oriqqina, shundan, qorni batgar doʻshyib koʻringan edi.

Uningku, boʻshangani rost, lekin Xadichaning oʻsha yerda bunchalik qadalib qolganiga nima deysan?.

Uyga qaytib, xotinini burovga oldi. Xadicha qasam ichdi, qizini, enasini, Xudoning oʻzini guvoh qildi. Lekin Polvon ishonmadi. Ishonay dediyu, koʻnglida tutun qolarini sezdi. Kayfi bor edi, chekayotgan azobi bol tuyuldi ' xotiniga ishonmadi.

Bir kuni azonda podani choʻlga haydab ketaturib, Toshgazaning soʻl betida qirgʻiydek qoʻqqayib oʻtirgan Nazar Maxsumni koʻrdi. Hayron boʻldi: Maxsumku oʻzidan tinchigan odam, choshgohdan oldin qorasini koʻrsatmaydi ' bugun bunday oʻtiribdi? Qichqirib salom berdi. Soʻrashay desa ' uzoq, salomini kifoya bilib, yana podaga andarmon boʻldi, haydayverdi. Bir vaqt Nazar Maxsum kulrang toyxarida orqadan yetis keldi va yonma-yon ketaverdi.

' Nevaramning toʻypga bir kelasizda, Polvon boy, ' dedi u. ' Oʻzingiz kelib bir davra qursangiz Odam yuboraman.

' Koʻp qatori borarman, ' dedi Polvon. ' Lekin, Maxsum buva, oʻzingiz bilasiz, men olishadigan polvon boʻlmasam, otamning qoʻyib ketgan otihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Olishmasangiz ham bir keling, ' dedi Nazar Maxsum. ' Nevaramning toʻyini bir koʻring. Yaxshg yigit, boshqalarning bolasiga oʻxshamaydi, asli palagi tozada, Polvonboy. Usta Xoliyor vahima qilib yubordi, 'Muningiz bir alpomish yigit, muni koʻrpachaga qanday agʻnatamiz?', deydihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Oʻsarqulni bilamiz, Maxsum buva, ' dedi Polvon. ' Tuzuk bola.

' E, past ketdingiz, tillaku, tilla! ' dedi Nazar Maxsum. ' Oʻzingiz qalaysiz, Polvonboy? Xotiningiz ketibdi, deb eshitib edim, shu gaplar rostmi?

' Ertaga qirq kun boʻladi, ' dedi Polvon.

' Chillasi chiqarkanda, ' dedi Nazar Maxsum. ' Bekor qipti, Polvonboy, sochi uzunlik qipti, endi sizday yigitni topolmaydi, Taloq-palogʻini aytdingizmi ?

' Koʻzim qiymayapti, Maxsum buva. Aytsammi deymanu, qurgʻur koʻz qiymaydi.

' Oʻychining oʻyi bitguncha tavakkalchining ishi bitadi, ' dedi Nazar Maxsum. ' Shoʻrquduq boryapman, agar talogʻini aytsangiz, men oʻzim opketardim.

' Dabdurustdan boʻlmas, ' deya mulohaza qildi Polvon. ' Buning bir xil qoidalari boʻlardi, shunday aytib yuborgan bilanhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Boʻlaveradi, ' dedi Nazar Maxsum. ' Endi, oʻylab oʻtirasizmi, Polvonboy, magarkim, yuzingizga oyoq qoʻydimi, endi oʻylash yoʻq! Bu oʻzi bir chuvalgan savdo, talogʻini aytasizu shartta qirqasiz ' davosi shu!

Polvon qanday 'xoʻp' deb yuborganini bilmay qoldi.

' Bitta 'xoʻp' bilan ish bitmaydi, ' dedi Nazar Maxsum uning nodonligidan ranjib. ' 'Taloq qildim', deb ayting.

' Taloqhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end ' dedi Polvon.

' Boʻlmaydi, qattiqroq, ' dedi Nazar Maxsum. ' Yana ikki marta ayting, qoidasi shu.

' Taloq, taloq!

Qahri qoʻzib turgan edi, taloq aytib ham hovri bosilmadi. Alamidan orqaroqda borayotgan sigirning kuymichiga gavron bilan tushirdi, keyin birdan koʻzlari tindi, boʻshashdi, yolgʻizoyoq yoʻlning chetiga behol oʻtirib qoldihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Bir zamon qarasa, sigirlar yoʻldan chiqib, lalmi yoʻngʻichqaga oralab ketibdi. Nazar Maxsum ham olisda, xuddi yov quvganday ortga qarash yoʻq, toyxarini qichib boryapti. Polvon bir kasofatni sezgandek boʻldi, lalmi bedaga urib ketgan podani ham unutib, Nazar Maxsumning ortidan chopdi. Quvib yetib, yoʻlini toʻsdi:

' Kimga moʻljal qilib boryapsiz, Maxsum buva?

' Moʻljalim yoʻq, Polvonboy, hech moʻljalim yoʻq, ' deya Nazar Maxsum taysalladi, koʻzlarini olib qochdi. ' Oʻrolni aytganday boʻlishuvdi, lekin men koʻnmadim, meniki bir savobhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

' Savobingizning uyi kuysin, ' dedi Polvon. ' Vakolatimni qaytib bering!

' Ana, oling, Polvonboy, ' dedi Nazar Maxsum aqli shoshibroq. ' Ana, oling vakolatingizni, men bir savob ish, deb edim, mayli, oʻzingiz borib ayting.

Moʻljalni xato olgan ekansiz, ' dedi Polvon.' Qoʻyadigan xotinim yoʻq!

' Xoʻp, xoʻp, Polvonboy, bizniki tigʻiz emas, dedi Nazar Maxsum. ' Lekin siz ham bir oʻylang, hozir menga zugʻum qilyapsiz, ertaga oʻgʻlim Sanaqudbek kelganda nima javob aytishingizniyam bir oʻylang.

' Oʻrolga Sananing xotinini obbering! ' dedi Polvon. ' Uyga qayting, Maxsum buva, Shoʻrquduqqa keyinroq borasiz.

Nazar Maxsum itoat qildi ' toyxarini orqaga burdi. Polvon bedaga oralagan sigirlarni bir amallab toʻda qildiyu, ovloq bir kamarga qamab, oʻzi Shoʻrquduqqa joʻnadi.

Darvoza ochiq edi. Har gal bemalol kirib boraveradigan odam, bugun taqillatgani ham jurʼat qilmadi ' turaverdi. Xayriyat, hovlida Xadichaning oʻzi koʻrindi, ajablandi, qoʻlidagi choʻltoq supurgini tashlashni ham unutib tashqari chiqdi. Arazi tarqamagan chogʻi: salom bermadi, xuddi begonaday, koʻzlari yerda, ogʻzini roʻmol bilan toʻsdihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Polvon achchiqlanmadi, qaytaga ' xoʻrligi keldi, xotini oʻragan bir soʻmlik gardi roʻmolu uning kir unnagan koʻylagi sabab boʻldimi yoki qoʻlidagi choʻltoq supurgimi, ishqilib, unga betlab qaray olmadi, uyaldi, oʻzini nomard, noinsof sezdi.

' Obketay deb keluvdim. Xatcha, ' dedi sekin, ovozini oʻzi ham tanimay.

' Oʻldirib qoʻyasan, ' dedi Xadicha, ' Menku, borarman, lekin sen tentak oʻldirib qoʻyasan.

Shunday deb yigʻladi. Polvon unga joʻyaliroq gap topib berolmadi. 'Rost, ' deb oʻyladi, ' bu borsa, yana jinim qoʻzib, yana soʻksam, ursam, xotin degan nar-saning nima holi bor, oʻldirib qoʻyaman'.

Xadicha ichkari kirib, Chamanni yetaklab chikdi. Qizcha qoʻrqib qolgan ekan ' otaga qarab talpinmadi.

' Oʻlmasang, manavi norasida odam boʻlganda tushunarsan, topisharsan, ' dedi xotin. ' Meni oʻz holimga qoʻy endi.

Polvon birdan sergaklandi: Xadicha xotin boshi bilan boyadan beri sensirayotgan ekan.

' Sensirama, Xatcha, ' dedi u. ' Toza tomiring suvga yetgan boʻlsayam sensiramay gapir!

Xadicha shoʻrlik toʻlib turgan ekanmi, battar ters keldi:

' Qoʻlingdan kelganini qil! ' Bu gapni aytishga aytdiyu, ortga tislandi. Polvon angrayib turib qoldi.

' Sen u yokda odamga oʻxshab gapirarding, Xatcha, ' yedi U bir vaqt oʻziga kelib. ' Kimning darsini olding, nega unday gapirasan?

Xadicha indamay yerga qaradi. Ukasi Sattorqul darvoza orqasiga kelib bekingan ekan, shartta otilib chikdi.

' Ket! ' dedi u koʻkragini kerib. ' Esing borida ket, boʻlmasa yomon qilaman!

Polvon uni taniyolmay qoldi. Yigitning kayfi buzuq, moʻylovining uchlarigacha titrab turibdi, indamasang, uradigan shashti bor. Polvon, bir koʻngli, gardaniga solay, deb oʻyladi, lekin shaytonga hay berdi: qoʻy, baravar boʻlib oʻtirma, bir kun tuz ichgas joyga qirq kun salom, qoʻy, Polvon, oʻzingni bos!

Orqasiga yurdi. Satgorqul izidan qolmadi.

' Ket! ' deb baqirdi u tagʻin. ' Qaytib shu koʻchada qorangni koʻrsam, oyogʻingni urib sindiraman!

Polvon boʻgʻilibroq kuldi. Oʻzining ne alfozda ketayotganini oʻyladi: yelkalari qisiq, qaddi bukik, boʻyniga mugpt tusharini kutgandek. Uyat, uyat, ne kunlarga qoʻyding, Xatcha? Sendan shuni kutib edimmi, Xatcha? Koʻrgan birov nima deb oʻylaydi, enagʻar Xatcha?! Yer bilan bitta qildingku!..

Nomus zoʻr chikdi, chidolmadi, taqqa toʻxtadi. Sattorqul ham toʻxtasa durust edi, ammo u toʻgʻri bostirib keldi, musht koʻtardi, lekin ulgurmadi, oʻzi zarbdan yerga agʻdarilib tushdi. Polvon uni bilagidan dast ushlab, siltab turgʻazib qoʻydi, lekin gap qotmadi, yoʻliga ketaverdi.

Yegan mushti alam qilgan ekan. Sattorqul yarim yoʻlda, adirdagi tuyaquduq yonida quvib yetdi. Yolgʻiz emas, qavatida yana ikki otliq, biri ' Ahmad shayton, unisi ' yuqori labi kemtik, jikkakroq odam.

Etik qoʻnjiga qoʻl yuborsa nomardlik boʻladi, gavron ham poda qamalgan kamarda qolgan ' bir oʻzi uchovini daf etarga holi kelmadi. Bir nafasda qoʻllarini orqasiga qayirib boylashdi, soʻng haligi labi kemtik yigit bexosdan taqimiga tepdi ' Polvon chalqancha qulab tushdi. Oʻrnidan turmoqchi boʻlib uringanida, Sattorqul kelib, yelkasidan etigi bilan bosdi:

' Xatchaning talogʻini aytasan! ' dedi u. ' keyin, mayli, tusagan yogʻingga ketaber. Aytsang ' boʻshatamiz.

' Hozir boʻshat, ' deya Polvon qaynisiga emas labi kemtik yigitga yuzlandi. ' Boʻshatib qoʻyib gaplash.

Polvonning oʻziga bepisand qaragani Sattorqulga alam qildi:

' E, beshbattar boʻlmaysanmi!.. ' Etigining uchi bilan Polvonni yuztuban agʻdarib tashladi va yagʻrini aralash qamchi tortdi. Oʻrmasi mayda ekan ' badanni tigʻdek kuydirib oʻtdi.

Polvon iyagini zarang yerga tiragan koʻyi qotib yotaverdi. Avvaliga ogʻriqni sezib turdi, qamchi har tushganida eti koʻpchib-qabarib chiqayotganini ham bildi, lekin birpasdan soʻng eti oʻlib, quloqlarida qamchining havoni vizillatib chizayotgan tovushigina qoldi.

Ishongisi kelmadi. Tinchgina molini haydab ketayotib edi, yoʻlda Maxsum uchradi, taloqni olib ketmoqchi boʻldi, uni iziga qaytarib, oʻzi keldi, mana endi, manavi zarang yerda, tuyaquduq yonida, qoʻllari bogʻliq, qimir etgani imkoni yoʻq, yer bilan bittahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Tush koʻryapman, deb oʻyladi u, hammasini tush koʻryapman, seniyam tush koʻryapman. Sattorqul inim, podachining tushi qursin, bir xil tushlarimda meni ilon chaqadi, tishi etigimdan oʻtib boldirimga sanchiladi, dod deyman. Dodlaymanu uygʻonib ketaman, seniyam tush koʻryapman, Sattorqul inim, yaxshi qilmading, inim, mayli, qattiqroq ur, toki men uygʻonib ketayhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Yolgʻizlik yomon, inim, sizlar uchov, men bir oʻzimmanhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Sen ham harsillab qolding, charchading, inim, mayli, qamchini labi kemtik joʻrangga ber, u ham ursin, ayt, qattiqroq ursin, oʻrmasi har sermab oʻtganida yagʻri nimdan parcha-parcha et uzib olsinu men uygʻonib ketay, tushdan forigʻ boʻlay, yonimda Xatchani koʻray, tushimda boʻlsayam uni uyga obketay, mayli, uraber, inim, yara-chaqa boʻlsa bitib ketar, toʻxtama, nega toʻxtading yoki menga rahming keldimi, inim?..

Chidab yotdi. Ingramadi. Bir mahal havo dim tortganini sezdi. Dim, epkinsiz, quyuq. Yelkasidan chiqqan ter koʻzyoshiday issiqhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Termi bu, qon emasmi?.. Qip-qizil, koʻzyoshiday jizillatadi, sargʻish chakmonni bagʻir tusiga boʻyab boryaptihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Koʻzlarini yirib oldinda bir juft toshtovon etikni koʻrdi. Agʻdarma koʻn, choklari pishiq, jiyrilgan joyi yoʻq, faqat nagʻali yeyilibdi, qushning tiliday yupqa, bugun-erta uziladihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Etiklar qimirladi. Polvon yotgan joyida bir-ikki silkinib tushdi. Keyin etiklar yana manglay tarafiga oʻtdi. Polvon tagʻin ularga tikildi, biroq etiklar tutqich bermadi, soniya sayin kichrayib, uzoqlashib boraverdi. Koʻzlarini yumarkan, chuqur tin oldi, iljaydi: etiklar qochdi, qochdi!..

html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Sahar mahali kunbotar tarafda yilqi kishnadi. Sayxonlikdagi yantokdarni shitirlatib salqin shamol turdi. Polvon unga yuz tutdi ' uzoq, to sal tetik tortgunicha. Soʻng yilqi ovozi kelgan yoqqa qarab oʻrmaladi.

Koʻp sudraldi. Tizzalari, tirsaklari zirapchaga toʻldi. Taqirga yetganida qurigan loy qisir-qisir sina boshladi. Bir payt barmoqlari balchiqqa tegdi. Chanqoq xuruj qildi: balchiqni siqimlab ogʻziga solib shimidi. Suv chiqmadi hisob, tomogʻiga tiqilib, nafasini qaytardi. Yana oldinga oʻrmaladi. Biror besh daqiqa oʻtib, uzatgan qoʻli suvga tegdi. Polvon ikki-uch toʻlgʻonib olgʻa jildiyu betini suvga botirdi, soʻng tirsaklariga tayanib, tili bilan yalashga tutindi. Koʻnglida gʻalati bir gʻurur uygʻondi, oʻzining miskinligidan, manavi qora balchiqqa belanib yotganidan, suvni kuchukka oʻxshab shaloplatib ichayotganidan shodlandi, sovuq tomchilarning chanqoq vujudi boʻylab bir maromda taralayotganiga quloq soldihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Xadichani Shoʻrquduqdan berida, poda yotar joyda topdi. Ustida oʻsha kir koʻylagi bilan gardi roʻmoli, etagida qoʻngʻiz kavlab ketgan besh-olti gʻovak tezak (shuni bahona qilib chiqqan), birov urganmi, oʻzi yigʻlaganmi, koʻzlari qizarganhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Polvonni avvaliga tanimadi, yoʻq, tanidiyu, koʻzlariga ishonmadi, qoʻrkdi, qoʻli bilan yuzini pana qildi ' qamchidan toʻsganday.

' Talogʻimni aytdingizmi? ' deya sekin, xoʻrlanib, kelar baloni daf etolmasligidan qoʻrqqandek soʻradi: koʻzlari moʻltiradi, etagidagi tezak yerga toʻkildi.

' Aytardim, Xatcha, ' dedi Polvon. ' Aytardim, lekin endi boʻlmaydi, ilojim yoʻq, aytsam ' qoʻrqoqqa chiqaman. Chidaysan endi, Xatchahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Xadicha yigʻladi. Koʻzlarini artarkan, roʻmoli boshidan sirgʻalib tushdi, sochlari yelkasiga yoyildi.

' Boraymi? ' deb soʻradi. ' Urmaysizmi?..

Polvonning xoʻrligi keldi: seni urgan qoʻl sinmaydimi, Xatcha?..

Xadicha yaqinroq keldi, erining usti-boshiga chaplangan loy va qonni artmoq boʻlib qoʻl choʻzdi, ammo botinmadi, yovuqlikning oʻzi mahobatli bir devor misol koʻz oldini toʻsdi ' qoʻllarini tortdi, koʻngliga yana qoʻrquv oraladi.

Polvon hayratlandi: senga shunchalik koʻngil qoʻyib edimmi, Xatcha? Kel, qoʻllarimda azod koʻtaray seni, oʻn besh kunlik oyday quchogʻimni toʻldir. Xatcha, meni qattiq-qattiq chimchila, zora seni tush koʻrmagan boʻlsam!..

U ayolni dast koʻtarib oddi. Xadichaning bilaklari boʻyniga chirmashgan zamon majoli qochdi, gandiraklab ketdi, lekin sal oʻtib bilaklarning kuydirguvchi taftiga koʻnikdi, charchogʻu ogʻriq unutildi, goʻyo tani ham unut boʻldiyu uning oʻzi boʻyniga chirmashgan bilaklarga aylandihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Faqat yuraklarning ola-tasir urgani seziladi, goʻyo butun dashtu dalalar ularning dupuriga toʻlganhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Seni shunchalar sogʻinib edimmi, Xatcha? Koʻngildagi kinu gʻazabim qani? Nega yigʻlaysan, Xatcha? Sen ham sogʻindingmi? Sogʻinganing rostmi, Xatcha? Biror narsa de, shubhalaring bekor de, Xatcha, koʻnglimni qabartma, belimni bukma, gavharni toshga urmaylik, Xatcha!..

Ayolning yuziga tikilib, gumoniga tasdiq izladi. Lekin Xadichaning turgan-bittani ' yuzu koʻzi, boʻyniga chirmashgan bilaklari, yoqasiga qadalgan qator sadaf tugmalarigacha iffatga yor, shubhaga zomin edi.

Xadicha erining koʻzlarida bir ogʻriq koʻrdi, ammo soʻz soʻylarga majoli yetmadi, boʻgʻziga tiqilgan achchiq xoʻrsiniqni ichiga yutdiyu uning tarashadek qotgan jun chakmoniga betini burkadihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
25
0
qalampir.uz

Toshkentdagi kinofestivalda Ukrainadagi urush haqidagi film namoyishi to‘xtatildi

Toshkentdagi Artdocfest Asia festivali doirasida Ukrainadagi urush haqidagi “Sharqiy front” filmi namoyishi to‘xtatildi. Bu haqda Rossiyalik rejissyor Vitaliy Manskiy o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi. Uning yozishicha, dastlab “Sharqiy front” filmining namoyishi to‘xtatilgani, keyinchalik barcha namoyishlar ham taqiqlangan. Rejissyor bu harakatlar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi buyrug‘i bilan amalga oshirilganligini ta’kidlagan. Mazk

10 May 13:31
 
17
0
qalampir.uz

Botir Qodirov Jo‘rayevlarni nima uchun sudga berganini aytdi

Xonanda Shohjahon Jo‘rayev o‘zining Instagram sahifasida Botir Qodirovga tegishtirib, noo‘rin so‘zlarni yozgan. Shu sababli qo‘shiqchi marhum san’atkor Sherali Jo‘rayev oilasini sudga berishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Qodirovning prodyuseri Asror Isaxo‘jayev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Shohjahon Jo‘rayev bir necha oy avval Botir Qodirovga ishora qilib, noto‘g‘ri so‘zlarni yozgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan.

11 Apr 13:58
 
24
0
qalampir.uz

“Gap yo‘q” ko‘rsatuvi boshlovchisi Olim Hojisharipov vafot etdi

O‘zbekistondagi ayrim telekanallar orqali uzoq yillar namoyish etilgan “Gap yo‘q. Maslahat” hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi va aktyor Olim Hojisharipov 58 yoshda vafot etdi. Bu haqda telejurnalist va aktyor Husniddin Ergashev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “Beshafqat o‘lim qadrdon akamizni oramizdan olib ketdi. Uzoq yillar davomida sermahsul ishladik. Takrorlanmas rollaringiz va samimiyligingiz xotiramizda saqlanib qoladi”, deb yozgan aktyor Fa

11 Apr 13:55
 
26
0
postda.uz

Влияние киноискусства на воспитание молодежи

Урок духовности и просвещения«…Узбекский народ известен своей древней историей и богатой культурой, любовью и вниманием к прекрасному, в том числе киноискусству. Высокохудожественные фильмы, создаваемые ведущими представителями национального и мирового искусства кин