calendar 10 May 13:31
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Botir Qodirov Jo‘rayevlarni nima uchun sudga berganini aytdi

image

Xonanda Shohjahon Jo‘rayev o‘zining Instagram sahifasida Botir Qodirovga tegishtirib, noo‘rin so‘zlarni yozgan. Shu sababli qo‘shiqchi marhum san’atkor Sherali Jo‘rayev oilasini sudga berishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Qodirovning prodyuseri Asror Isaxo‘jayev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shohjahon Jo‘rayev bir necha oy avval Botir Qodirovga ishora qilib, noto‘g‘ri so‘zlarni yozgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan.

"Sen bir umr xalqim, vatanim deb birovlarning g‘ami bilan yashagan bechora otangni qabrga qo‘yganingni hazm qilolmay azoblanib, berkinib yig‘lab yurganingda va uni sog‘inganingdan kiygan kiyimlarida qolgan hidlarini hidlab, u inson bilan bir soniyaga bo‘lsa ham ko‘rishish uchun butun borlig‘ingni berishga tayyor turgan bir paytda o‘zining kimligi-yu kimdanligini bilmay o‘zidan ham shubhalanib yurgan, hayotini faqat piar uchun, birovlarning e’tiborini maddohlik qilib, soxtalik bilan qozonish uchun va eng asosiysi bir paytlar (kimligi aniq bo‘lgach, ma’lum bir vaqtgacha) non berib mardlik qilgan, seni qabr ichida yotgan otangni omma oldida obro‘sizlantirib – "Nomard" deb  katta gapirgan "shoqollar" yana otangni qo‘shig‘ini aytib, o‘ynab yursalar-u, buni ko‘rib tafakkur qilmay, og‘zini ochib o‘tirgan o‘z elingdan hayron-u lol bo‘lar ekansan afsus", degan Shohjahon Jo‘rayev.

Qo‘shiqchi keyinchalik o‘chirib yuborilgan bu postini otasi Sherali Jo‘rayevning "Muxlis bevafodur", degan so‘zlari bilan yakunlagan.

Shundan so‘ng, fevral oyi boshlarida Botir Qodirov onasining sha’ni, or-nomusini  va o‘zining qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida, otalik faktini belgilash uchun da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 aprel kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida otalikni belgilash bo‘yicha Botir Qodirovning da’vo arizasi asosida sud majlisi bo‘lib o‘tgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
216
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
741
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra