calendar 07 Mar 20:12
eye 72
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabidagi sharoitlar bilan tanishdi

image
Yurtimizda shunday sportchining boʻlishi bolalar uchun namuna, dalda. Prezidentimizning 2022-yil 14-martdagi Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori sportsevar yoshlarga katta sharoit yaratdi.

Davlatimiz rahbari 5-mart kuni ushbu sport maktabiga tashrif buyurib, bu yerdagi sharoitlarni va mashgʻulotlarni koʻzdan kechirdi.

Muassasa milliy terma jamoalar uchun xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash, yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etib, oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish, murabbiylar va gimnastikachilar mahoratini muntazam oshirib borishga yoʻnaltirilgan. Buning uchun uch qavatli zamonaviy binoda barcha sharoit yaratilgan.

Birinchi qavatda asosiy zal va mashgʻulotlar zali, trenajyor maydonchasi, tibbiyot xonasi va oshxona joylashgan. Tepa qavatlardan 165 oʻrinli yotoqxona, mehmonxona, informatika va maʼnaviyat xonalari oʻrin olgan. Maktab Germaniyadan keltirilgan sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlangan.

Gimnastika maktabi 1-11-sinflardagi 105 nafar oʻquvchiga moʻljallangan. Bugungi kunda 91 nafar oʻgʻil-qiz mahoratini oshirmoqda. Ularga ikkita xorijiy til ham oʻrgatiladi. Yosh gimnastlar umumiy taʼlim darslarini tutash hududda joylashgan 175-maktabda oʻqiydi.

Chusovitina izdoshlari oʻtgan yili sport gimnastikasi va badiiy gimnastika boʻyicha xalqaro musobaqalarda 4 ta, respublika turnirlarida 6 ta va sport maktablari oʻrtasida 24 ta medalni qoʻlga kiritgan.

Muhimi shundaki, gimnastikachi yoshlar bir joyning oʻzida yashab, taʼlim olib, mashgʻulotlar oʻtkazadi. Umuman olganda, bu sport maktabi gimnastikachilar uchun respublikada yagona oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylanadi.

Shu yerda sport sohasi mutasaddilari hamda videoaloqa orqali hududlar rahbarlari ishtirokida muloqot boʻldi.

' Nima uchun biz bu yoʻnalishga katta eʼtibor berib, maktablar yaratayapmiz? Gimnastika ' hamma sport turlarining asosi. Futbolchi ham, bokschi ham, sogʻlom boʻlaman degan inson ham gimnastika qilishi kerak. Iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarga taʼlim berish bilan birga ularni sport bilan shugʻullantirolsak, yurtimizda sogʻlom zurriyod, sogʻlom millat boʻladi, ' dedi Prezident.

Shu maqsadda gimnastikani bolalar bogʻchalaridan keng joriy qilish, qobiliyatli sportchilarni saralashni shu bosqichdan boshlash, har bir hududda ikkitadan gimnastika maktabi tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil Fransiyada boʻladigan Olimpiya oʻyinlarida qatnashadigan sportchi va ularning murabbiylariga alohida sharoit yaratish, munosib tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻs

08 Sep 16:44
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz'yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalar

03 Sep 21:34
 
38
0
xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiz

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston'Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Xabarda aytilishicha, 'Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish' mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan 'yoʻl xaritasi'ga muvofiq oʻtkazilmoqda.'Qardosh