calendar 25 Sep 13:14
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

image
Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston'Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 'Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish' mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan 'yoʻl xaritasi'ga muvofiq oʻtkazilmoqda.



'Qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori media yoʻnalishida ham jadal va tizimli tus olgani barchamizni xursand qiladi. Bu jarayonda bugungi kunda davlat va jamiyatning barqaror hayotiga jiddiy tahdid solayotgan dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashish alohida ahamiyatga ega.

Bu borada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikning yagona platformasini yaratish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyormiz.

Forum ishiga muvaffaqiyatlar, uning doirasidagi muhokamalar va tajriba almashinuvi esa samarali, qardosh xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi tashabbuslar uchun poydevor boʻlishini tilayman', ' deydi Sherzod Asadov oʻz sahifasida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekiston elchisi Qozogʻistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

Qozogʻiston TIV maʼlumotiga koʻra, uchrashuv chogʻida vazir ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli soʻnggi yillarda Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga koʻtarilganini alohida taʼkidladi.Qozogʻiston Prezidentining farmoniga muvofiq, vazir amalga oshirilgan ulkan ishlar va elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun Saidikrom Niyozxoʻjayevni oliy davlat mukofoti ' II darajali 'Dostыq

03 Sep 21:35
 
13
0
xs.uz

Prezident xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha muhim qonunni imzoladi

Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va 'Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Uy-joy kodeksida 'hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas' deb belgilandi.Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldin

26 Aug 12:29
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

'Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi prezident farmoni eʼlon qilindi.Mamlakat Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardl

14 Aug 06:37
 
23
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda eng asosiy masala – xizmatlarni rivojlantirish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda eng asosiy masala ' xizmatlarni rivojlantirish ekani'taʼkidlandi.Qayd etilganidek, sohani rivojlantirish muhandislik va farmatsevtikada 23 foiz, elektrotexnikada 30 foiz oʻsishni taʼminlaydi.Buxoroda 584 ta mehmon uylari, 122 ta umumiy ovqatlanish, 18,5 mingta savdo, 30 ta salomatlik va fitnes markazlari bor. Lekin har ming kishiga oshxona va restoranlar soni Samarqanddan 10 karra kam.Shofirkon ah