calendar 08 Sep 16:44
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

image
Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz'yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.

Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalarda qatnashayotgan oʻzimizning korxonalar QQS toʻlayotgani oqibatida import tovarlar bilan narx boʻyicha raqobat qila olmagani uchun bunday loyihalardagi ishtiroki cheklangani koʻrsatib oʻtildi.

Endilikda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarga yetkazib berilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilishi belgilandi.

Tarmoq korxonalariga yagona talab ' sifat, tannarx va raqobat. Buning uchun ishlab chiqarishga xalqaro standartlar joriy qilinishi va sertifikat mavjud boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.

Prezident maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozor hisobidan rivojlanib kelayotganini'qayd etdi.

Oʻtgan yili ishlab chiqarilgan maishiy texnikaning 70 foizi ichki bozorda sotilgan.

Tashqi bozorlarda tarif va notarif toʻsiqlar koʻpligi bor gap, lekin eksport bozorlarida yirik uzelli yigʻish asosida ishlab chiqarish qilib, ularga butlovchi qism va yarim tayyor mahsulotni ortiqcha yigʻimlarsiz yetkazib berish mumkin.

Endilikda qoʻshni bozorlarga texnologiya, malakali mutaxassis va butlovchi qismlar yetkazib, Oʻzbekistonni mintaqaviy elektrotexnika xabiga aylantirish kerakligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga qoʻshni bozorlarda milliy brendlarimiz ostida kamida 15 tadan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 13:30
 
62
0
qalampir.uz

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘anadi. Qurbon bor

Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni soat 06:00 atrofida Nurobod tumanining Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia-3 haydovchisi uxl

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Jul 13:01
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi: