calendar 03 Sep 21:34
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

image
Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.

Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.

Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiziloʻrdadan uylariga qaytayotgan boʻlgan.

'Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda', deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyadagi YTHda yetti nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m

26 Aug 12:29
 
15
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Uch yildan beri qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik Istanbulda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2021-yildan buyon qidiruvda boʻlgan Sh.R. Istanbul shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.1981-yilda tugʻilgan Sh.R. Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olingan. U bugun, 7-sentyabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.'Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan

03 Sep 21:34
 
8
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,