calendar 07 Mar 20:07
eye 58
comments 0
comments Manba: postda.uz

ISHOQXON IBRAT

image

Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat ma'rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaatchilaridan bo‘lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma'rifat tarqatish bilan boshladi. 

To‘raqo‘rg‘onda yangi usul maktabini ochgan, o‘z qishlog‘ida «Matbaai Ishoqiya» nomli litografiya tashkil qilgan. Ishoqxon Ibrat yangi maktablar ochish, o‘qituvchilar tayyorlash, ayollarni ilm-ma'rifatli qilish ishlarida faol qatnashgan. 

Ibrat chin qalbdan o‘z xalqining ilmli, ma'rifatli bo‘lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmui bo‘lmish «Devoni Ibrat» she'rlar to‘plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Farg‘ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlarini yaratdi.


Ming uch yuzu yigirma oltida chopmaxona,

Ochmoqg‘a bo‘ldi ruxsat va so‘z berib zamona.

Maqsad bu ishdin erdi olamg‘a ilm qasri, –

Ham qo‘ymoqg‘a asarlar yod ovozi jahona.

Kasbu kamol islom bo‘lmay taraqqiyatda,

Holig‘a tushmasun deb etduk buni bahona.

Bizdin keyingilar ko‘p ilmu hunar toparlar,

Hayfoki anda biz yo‘q, e'timodxona.

Olamdin ushbu ona sonsiz kishilar o‘tdi,

Mingdin biri qo‘yubdur olamg‘a bir nishona.

Men katta boy emasdim kim aylasam binoyi,

Dahlim yetishmas erdi ro‘zg‘ori, choyu nona.

Sad xayfkim g‘anilar sarfini bilmadilar,

Yeb-ichtilar semurub sig‘may turub chofona.

O‘z asrimizda o‘tti bir necha ag‘niyolar,

Qoldurmayin nishona yer ostin etti xona.

Bu sanga katta Ibrat hushyor bo‘lki, ketti,

Emdi sanga kelurmu ketgan u ota-ona.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
25
0
xs.uz

Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan хastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, 'Khan Academy', Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”

Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko

10 Oct 14:24
 
17
0
postda.uz

O'ZBEK TILI – O'ZLIGIMIZ TIMSOLI

Yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishi­ning huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydala­nishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an

09 Oct 12:36
 
19
0
postda.uz

JALOLIDDIN MANGUBЕRDI – MARDLIK VA JASORAT TIMSOLI

Bizning tanimizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi bobolarimiz qoni oqmoqda. Biz shunga munosibmiz va bu munosiblikni har daqiqada butun xalqimizga, jahon ahliga tarannum qilishga shoshilishimiz kerak!Shavkat MIRZIYOYЕV Har bir xalqning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha kurashib, jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda o‘chmas iz qoldirgan ana shunday milliy qahramonimizdir.Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad