calendar 09 Oct 12:40
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

image
Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan хastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.

Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, 'Khan Academy', Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi va ACAMSʼning Yevrosiyodagi boʻlimi asoschisi boʻlgan.

U 2020-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 'Doʻstlik' ordeni bilan taqdirlagan.

Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Belgiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi elchisi, professor Alisher Fayzullayev shunday'taʼkidladi:

'Ishonish qiyin, bu shok, bu butun oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar uchun katta yoʻqotish. U oʻzining qisqa umri davomida juda koʻp yutuqlarga erishdi, Oʻzbekiston uchun, oʻzbek madaniyatining Buyuk Britaniya va butun dunyoda keng targʻib qilinishi uchun koʻp ishlar qildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida katta lavozimlarda ishladi va doim Oʻzbekistonga va oʻzbekistonliklarga yordam berdi. Londonda Oʻzbekiston madaniyati kunlarini uyushtirgan asosiy shahlardan biri edihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end U juda yorqin, koʻp qirrali, gʻayratli, koʻngli ochiq va kamtarin shaxs edi. Uzoq masofaga yugurish, yoga va qadimgi Sharq falsafasiga qiziqardi. Unda har doim qiziq gʻoyalar, rejalar va loyihalar koʻp boʻlardi. U hayotimda uchratgan eng yorqin shaxslardan biri edi'.

Marhuma Kamola Mahmudovaning dafn marosimi bugun, 27-sentyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
26
0
xs.uz

Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan хastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, 'Khan Academy', Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”

Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko

09 Oct 12:36
 
19
0
postda.uz

JALOLIDDIN MANGUBЕRDI – MARDLIK VA JASORAT TIMSOLI

Bizning tanimizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi bobolarimiz qoni oqmoqda. Biz shunga munosibmiz va bu munosiblikni har daqiqada butun xalqimizga, jahon ahliga tarannum qilishga shoshilishimiz kerak!Shavkat MIRZIYOYЕV Har bir xalqning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha kurashib, jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda o‘chmas iz qoldirgan ana shunday milliy qahramonimizdir.Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad

09 Oct 12:36
 
10
0
postda.uz

Nukusdagi litseyda yangi o‘quv yili boshlandi

Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilariga Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyi direktori M.Utepbergenov, litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ibragimov hamda Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya mayori U.Daubayev ishtirokida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.