calendar 10 Oct 14:24
eye 19
comments 0
comments Manba: postda.uz

O'ZBEK TILI – O'ZLIGIMIZ TIMSOLI

image

Yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishi­ning huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydala­nishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi barobarida, o‘zbek tili­ning erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berdi. 

Til millatlarni ajratib turuv­chi asosiy belgilardan biri ekan, har bir inson o‘z tilini bilishi, uni ulug‘lashi, shu bilan birga, boshqa tillarga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri, obro‘yi va nufuzi oshadi. Ayniqsa, dunyoda taniqli mamlakat bo‘lish uchun biz davlat tilining maqomini ko‘tarishga eri­shishimiz shart. Rivojlangan davlatlar darajasiga chi­qish va raqobatbardosh bo‘lish uchun O‘zbekiston fuqarolari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari ham xalqaro tillarni bilishi muhim. Chunki biz global rivojlanish tendensiyalaridan ortda qola olmaymiz, lekin shuni unutmasligimiz kerakki, o‘zbek tili dunyodagi barcha rasmiy tillar qatori suveren til maqomini olgan ekan, har bir O‘zbekiston fuqarosi o‘zbek tilini mukammal bilishi shart. Tilga hurmat – xalqqa hurmat. Tilning egasi xalq, ammo xalqning bitta vakili loqayd bo‘lsa ham, milliy til sofligiga putur yetadi. Til o‘zligimiz timsoli, millat mulki hisoblanadi. 

Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida qilgan tarixiy nutqi nafaqat mamlakatimizning, balki o‘zbek tili­ning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yangi pog‘onaga ko‘targani bilan g‘oyat qimmatli bo‘ldi. Davlat timsoli sifatida har birimizga faxr, g‘urur va iftixor bag‘ishladi. 

Til madaniyatiga amal qilinmasa, milliy madaniyatga dog‘ tushadi. Shu bois tilimizning sofligi va rivojlanishini ta’minlash, tilning ahamiyatini kelajak avlod ongiga singdirish, ularning ona tiliga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini mustahkamlash borasidagi ishlar yil sayin kengayib borishi kerak. O‘zini o‘zbek millatining farzandiman, deb bilgan har bir inson ona tilimizga juda e’tiborli bo‘lishi, uning sofligini as­rab-avaylashni muqaddas burch, deb bilishi kerak. Ammo buning uchun o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, til ma’no va mazmunini ifodalovchi izohli lug‘atlar bo‘lishi talab etiladi.

Shu maqsadda 5 jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» hamda «Davlat tilida ish yuritish» qo‘llanmasi 3 ming nusxadan chop etildi. Shuningdek, «Xalqaro termin elementlarining izohli lug‘ati», «Terminlarning tarjima lug‘atlari», «Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi», «O‘zbek tili sinonimla­rining katta izohli lug‘ati», «O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati», «O‘zbek adabiyoti xazinasidan», «O‘zbek xalq shevalari» kabi ilmiy asarlar ustida ish olib borildi.

Keyingi yillarda «Ali­sher Navoiy qomusi», «Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi», «Falsafa qomusiy lug‘ati», «O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi», «Islom ensiklopediyasi», «Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati», 

«Pedagogika: ensiklopediya», «Tarix atamalari lug‘ati», «Adabiyotshunoslik lug‘ati», «Yuridik atamalar lug‘ati» kabi 40 dan ziyod fundamental kitob­lar nashr etildi.

Albatta, bu ishlar tilimiz sofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, 1981-yilda nashrdan chiqqan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «O» harfi bilan boshlanuvchi 

80 ga yaqin xorijiy so‘z va atamalar o‘zbekcha so‘z sifatida qayd etilgan bo‘lsa, 2020-yilda tayyorlangan tuzatilgan 2-nashrda ular soni 35–40 foizga kamaygan.  

Ma’lumki, Ichki ishlar vazirligi tizimida ham ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzi, mavqeyini oshirish, vazirlik ta’lim muassasalarining kursant va o‘quvchi-yoshlarini vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy mero­siga vorislik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, ichki ishlar organlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ta’minlab kelinmoqda. Hududiy ichki ishlar organlarida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etil­moqda.

Tilimiz sofligini ta’minlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lishiga qaramay, loqaydlikka yo‘l qo‘yilishi va e’tiborsizlik tufayli so‘zlarni buzib talaffuz qilish, yozuvlarda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yish holatlari hamon uchramoqda.

Keyingi paytda ijtimoiy tarmoq­ni qo‘ya turaylik, hatto ayrim til mutaxasislari – o‘qituvchilarning ham so‘zni ifodali talaffuz qilmagani natijasida kulgili holatlar ro‘y bermoqda. Masalan, burnog‘i yili «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan televizor orqali bir ustozning kasbidan mag‘rurlanib: «Yoshlikda olgan o‘g‘itla­rimizni oqlayapmiz» degani kechirib bo‘lmas xato hisoblanadi. Chunki o‘g‘it ekinga solinadigan ozuqa bo‘lsa, «o‘git»ning o‘zagi «o‘g» bo‘lib bu pand-u nasihat qilmoq, aql o‘rgatmoq, tushuntirmoq ma’nosini bildiradi.

Har bir fuqaro o‘z ustida ishlashi, ayniqsa, gazeta-jurnal va badiiy adabiyotlarni muntazam o‘qib borishi zarur. Shunda biz ham tilimiz sofligiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Zero, donishlarimiz aytganidek, «Har bir millat, har bir til o‘zicha takrorlanmas va o‘zicha sharif. Jumladan, mening o‘zbek tilim ham, o‘zbegim ham».

Shuhrat RO‘ZIYEV,

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
26
0
xs.uz

Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan хastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, 'Khan Academy', Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”

Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko

09 Oct 12:36
 
10
0
postda.uz

Nukusdagi litseyda yangi o‘quv yili boshlandi

Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilariga Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyi direktori M.Utepbergenov, litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ibragimov hamda Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya mayori U.Daubayev ishtirokida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

03 Sep 21:36
 
41
0
xs.uz

Oʻzbek sanʼati ogʻir judolikka uchradi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Ayniqsa uning 'Sulton Jaloliddin', 'Kim ekan', 'Devona',