calendar 07 Feb 10:54
eye 47
comments 0
comments Manba: postda.uz

U ADASНMAGAN EDI...

image

Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘ini chegara oldi hududlaridan biri hisoblanadi. Har kuni bu yerdan yuzlab insonlar kirib–chiqishadi. Shu boisdan ham xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlaridan doimo hushyorlik talab qilinadi. 

Bu yerda joylashgan Bo‘ston temir yo‘l bekati hududidagi vaziyatni kuzatish uchun aylanishga chiqqan mayor Ataqo‘zi Qurbanbayevning yo‘lovchilar orasida ikki ayol e'tiborini tortdi. Bir qaraganda boshqa yo‘lovchilar kabi ko‘ringani bilan, ularning biri atrofga hadik bilan qarab qo‘yardi. 

Bundan shubhalangan mayor A.Qurbanbayev ularning nima bilan mashg‘ul ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qiladi. U adashmagandi, ayollardan biri noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanayotgan ekan. 

Albatta, bu oddiy holatdek ko‘ringani bilan bugungi kunda qalbaki pul mablag‘lari muomalaga kirib kelish ehtimoli yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Natijada esa, firibgarlarga chuv tushib qolish mumkin.

Qahramonimiz A.Qurbanbayev 1983- yili Amudaryo tumani Mang‘it shahrida tavallud topgan. Dastlabki faoliyatini 2006-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Qo‘riqlash bo‘linmasi milisioneri bo‘lib ishlashdan boshlaydi. 2008-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida ta'lim oladi. 2012–2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV 81 sonli, 71 sonli koloniyalarida tezkor vakil bo‘lib ishlaydi. 

2019-yildan ayni kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi Bo‘ston bekati bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, tinchlik–osoyishtalikni ta'minlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda shuningdek, turli qonunbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Xususan, o‘tgan 2023-yilda hududda faqatgina 2 ta noqonuniy valyuta ayriboshlash va 1 ta ma'muriy javobgarlik holat aniqlandi. 

Azamat PIRNIYAZOV,

O‘z muxbirimiz 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
16
0
postda.uz

PARVOZING BALAND BO‘LSIN, LOCHINBEK!

Lochinbek 8-sinfda o‘qib yurgan kezlari sportning o‘zbek jang san’ati va karate turlari bo‘yicha dastlab tuman va viloyat birinchiliklari­da g‘olib bo‘ldi. Keyinchalik mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham sovrinli o‘rinlarni egalladi. U 9-sinfni tugatish arafasida ota-onasi bilan maslahatlashib, IIV Navoiy akademik litseyiga hujjat topshirdi. Hozirda 2-kursda tahsil olmoqda. Lochinbek Sa’dullayevning sportdagi yutuqlariga batafsilroq to

10 May 13:30
 
15
0
postda.uz

Yoshlar muammolari hal etilmoqda

Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida viloyat IIB boshlig‘i qizil toifadagi mahallalarda yashovchi hamda probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida “qizil” toifadagi mahalla yoshlarining muammolari ham o‘rganildi. Asosan uy-joy olish uchun subsidiya ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun kredit mablag‘lari olish, ishga joylashish, tikuv mashinasi, o‘t o‘rish va yog‘och kesish apparatlari bilan ta'minlash, probat

10 May 13:30
 
13
0
postda.uz

Eng yaxshi merganlar aniqlandi

Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni yopiq o‘q otish maydonida ichki ishlar organlarining shahodatlangan ayol va erkak xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi mergan” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlarining murakkab vaziyatlarda qurollardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada dastlab qatnashchilar bilan jangovar qurollar va maxsus vositalarni qo‘llash, ularning

11 Apr 13:55
 
48
0
postda.uz

ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ҚОИДАЛАРИГА АМАЛ ҚИЛИНГ!

Ҳозирги кунда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан йўлларда хавфсизликни таъминлаш борасида нафақат ҳайдовчилар, балки пиёдалар, айниқса, болалар ўртасида профилактик тадбирлар ўтказилиб, уларнинг соҳага оид билимларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилмоқ