Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni yopiq o‘q otish maydonida ichki ishlar organlarining shahodatlangan ayol va erkak xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi mergan” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlarining murakkab vaziyatlarda qurollardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada dastlab qatnashchilar bilan jangovar qurollar va maxsus vositalarni qo‘llash, ularning texnik-taktik xususiyatlari, to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Musobaqaning xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida Shahrisabz tumani IIB xodimi, mayor Murodjon Mahkamovga teng keladigan mergan topilmadi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlar Dehqonobod tumani IIB xodimi, leytenant Shoxruh Jontemirov va Mirishkor tumani IIB xodimi, leytenant Asqarali Choriyevga nasib etdi.
Xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda esa birinchi o‘rinni Kitob tumani IIB xodimi, mayor Dilabza Sevinova, ikkinchi o‘rinni boshqarma Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zarina Kenjaeva, uchinchi o‘rinni Qarshi shahar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, kapitan Maftuna Shokirova band etdi.
G‘oliblar boshqarma rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sherzod BERDIQULOV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli yigʻilish ishtirokchilari!Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.Biz kecha Xalqaro investitsiya forumida iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish masalalarini, strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni atroflicha muhokama qildik.Bugun esa sizlar bilan tajriba almashish, aniq loyihalaringizni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar boʻyicha yaqindan maslahatlashib olamiz.B
Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj
Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do
“Oʻzbekneftgaz” AJ 850 million AQSH dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqardi
2025-yil 30-aprel kuni 'Oʻzbekneftgaz' aksiyadorlik jamiyati xalqaro kapital qarz bozoriga muvaffaqiyatli tarzda qaytib, 5-yil muddatli, 144A/RegS formatidagi katta nominalli xalqaro obligatsiyalarni chiqardi.Obligatsiyalar chiqarilishi xalqaro miqyosda yuqori qiziqish bilan qarshi olindi. Jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa, Shveysariya va Osiyo mamlakatlaridagi fond boshqaruvchilari, banklar, xususiy banklar, pensiya jamgʻarmalari va sugʻurta kompaniyalari singari yirik institutsional