Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!
Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.
Biz kecha Xalqaro investitsiya forumida iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish masalalarini, strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni atroflicha muhokama qildik.
Bugun esa sizlar bilan tajriba almashish, aniq loyihalaringizni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar boʻyicha yaqindan maslahatlashib olamiz.
Bunday formatdagi doʻstona muloqotlarimiz oʻzining amaliy natijadorligi, yangi-yangi loyihalarni roʻyobga chiqarishga qoʻshayotgan beqiyos hissasi bilan alohida ajralib turadi.
Avvalgi uchrashuvlarimiz oʻz samarasini bera boshladi. Shu oʻrinda ayrim misollarni keltirib oʻtmoqchiman.
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan mutlaqo yangicha ishlashga oʻtib, aniq natijaga qaratilgan samarali hamkorlik tizimini joriy etdik. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻtgan yili Oʻzbekistonga rekord miqdorda ' 1 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritdi. Mamlakatimiz ushbu bankning mintaqadagi eng yirik hamkoriga aylandi.
Bunday yutuqlarimizda Reno-Basso xonimning ulkan hissasi borligini, albatta, yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Yana bir bor sizga oʻz minnatdorligimni bildiraman.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlarining xususiy sektor bilan hamkorligi keskin kuchayib, ular bir qator ilgʻor korxonalarga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritishdi. Jumladan, bir yil davomida ularning xususiy kompaniya va banklar bilan qoʻshma loyihalari hajmi 1 milliard dollardan ortdi.
Yana bir yoʻnalish. Bugun bu uchrashuvda qatnashayotgan kompaniyalar 'yashil' energiya, chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasini saqlash, 'yashil' vodorod ishlab chiqarish kabi ilgʻor sohalarda yangi loyihalarni boshlaganini alohida taʼkidlamoqchiman.
Bu borada 'Acwa Power', 'Masdar', 'Linde', 'Shanghai Environment', 'Total Energies' singari yetakchi kompaniyalar 8 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritib, 'yashil' iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Raqamli texnologiyalar sohasida ham dunyo tan olgan nufuzli kompaniyalar yurtimizga jadal kirib kelmoqda. Ayniqsa, 'DataVolt' kompaniyasi mintaqadagi eng yirik 'yashil data markaz'ni, 'Veon' kompaniyasi sunʼiy intellektga asoslangan 'mobil super-ilova'ni yaratish boʻyicha loyihalarni boshlagani bizni juda quvontiradi.
Hech shubhasiz, bunday loyihalar kelajakning mustahkam poydevori boʻlib xizmat qiladi.
Bunday misollarni koʻplab keltirishimiz mumkin.
Buni xorijiy investorlarning islohotlarimizga boʻlgan yuksak ishonchi, ochiqlik siyosatimizning yaqqol misoli, deb bilaman.
Kengashimiz aʼzolari boʻlgan Xalqaro moliya korporatsiyasi, 'Ernst html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Young', 'Dentons', 'Knauf', 'TBC' kabi kompaniyalar milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish boʻyicha qator takliflar berdi. Sizlarning yangi tashabbus va gʻoyalaringiz 10 dan ortiq qonun, farmon va qarorlarimizda oʻz aksini topdi.
Umuman olganda, yurtimizda ishlayotgan investorlarning faolligi oshib, soʻnggi ikki yilda chet el kapitali ishtirokidagi 5,5 mingta yangi korxona tashkil etildi. Ularning umumiy soni 16 mingtaga yetdi.
Hurmatli doʻstlar!
Biz bugungi uchrashuvga mutlaqo boshqacha tayyorgarlik koʻrdik. Xorijiy korxonalar bilan birma-bir gaplashib, bildirilgan 40 dan ziyod tashabbuslarni saralab oldik. Jumladan, sarmoyadorlar soliq qonunchiligi barqarorligini taʼminlash, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunlarni koʻpaytirish, infratuzilma sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish boʻyicha takliflarni berdilar.
Biz ularning barchasini albatta inobatga olamiz va Kengash aʼzolari bilan har bir taklif ustida jiddiy ishlayapmiz. Masalan, 2028-yilga qadar biznes uchun asosiy soliq stavkalari oʻzgarmasligini eʼlon qildik. Joriy yilda yoʻl, transport, energiya, suv, irrigatsiya sohalarida qariyb 4,5 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshladik. Xalqaro moliya hisobotlari standartlariga oʻtish hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruvni joriy etish boʻyicha normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Koʻp murojaatlar elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha kelib tushdi. Bunda, albatta, eng ilgʻor xorijiy tajribadan foydalanishimiz shart va zarur. Shuning uchun bu borada Kengashimiz qoshida alohida ishchi guruh tuzib, aniq mexanizmlarni ishlab chiqishni taklif qilaman.
Tushgan takliflardan kelib chiqib, garov toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy kompaniyalar uchun professional kadrlarni tayyorlash, mahalliy kompaniyalarda korporativ boshqaruvni yaxshilash, soliq maʼmurchiligi boʻyicha qoʻshimcha ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Oʻtgan yigʻilishimizda kun tartibidagi eng dolzarb yoʻnalishlarda ' raqamlashtirish, masʼuliyatli biznes yuritish va muqobil investitsiya boʻyicha ishchi guruhlar tuzib olgan edik. Bugun ularning taqdimotlari bilan tanishamiz.
Yana bir muhim masala. Oxirgi bir yilda Kengashimiz ishi keskin faollashdi. Shu bilan birga, Kengash kotibiyati nafaqat investitsiya vazirligi bilan, balki boshqa vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilot va investorlar bilan ham bevosita ishlayapti. Shuning uchun Kotibiyatning mustaqilligini oshirib, uni alohida yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etsak, maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Bu masala boʻyicha ham sizlarning fikrlaringizni bilmoqchi edim.
Aziz doʻstlar!
Bugun boʻlib oʻtgan sermahsul muloqotlarimizdan juda mamnunman. Ochigʻini aytganda, sizlardan mana shunday joʻshqin va amaliy fikrlarni kutgan edim.
Har bir taklif va mulohaza batafsil koʻrib chiqiladi. Hukumatimiz tomonidan alohida 'yoʻl xaritasi' qabul qilinadi.
Yana bir bor taʼkidlamoqchiman: biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat ' Yangi Oʻzbekistonni barpo etmoqdamiz.
Bu yoʻlda boshlagan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.
Sizlarni yurtimizga shunchaki sarmoya kiritishga emas, balki muvaffaqiyatimiz tarixining chinakam ishtirokchilariga, biz yaratayotgan buyuk kelajakning ajralmas qismiga aylanishga chorlaymiz.
Mushtarak intilish va saʼy-harakatlarimiz orqali har bir loyiha samarali hamkorligimizning yorqin namunasiga aylanishiga ishonamiz.
Hammangizga bu ezgu yoʻlda katta yutuq va yangi omadlar tilayman.
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,20 soʻmga'oshib,'12 895,55 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'196,91 soʻmga'pastlab,'14 338,56 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,70 soʻmga'koʻtarildi va'159,38 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekiston dunyoga deyarli 20 million AQSH dollarlik karam sotdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan xorijga 55,4 ming tonna karam mahsuloti eksport qilingani maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, eksport qilingan karamning umumiy qiymati 19,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Oʻzbekiston ushbu davr mobaynida asosan qoʻshni davlatlar va Yevropa bozorlariga karam yetkazib bergan. Xususan, Rossiya Federatsiyasiga 34,6 ming tonna karam yuborilgan boʻlib, bu mamlakat ushbu mahsulotni e
Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.
Boy tarix, zamonaviy qiyofa, mamnun chehralar – mehnatkash va bunyodkor andijonliklar hayotidan fotoreportaj
Xabaringiz bor, shu kunlarda 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Maqsadimiz, Andijon xalqining oʻziga xos hayoti, mehnatkash insonlari, tabiati va infratuzilmasini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar bilan boʻlishish. Kun davomida viloyatning turli manzillarida boʻldik. Dehqonlar bilan suhbatlashdik, mahallalarda boʻlib, issiqxonalar, poliz ekinlari, bolalar bogʻchasi hamda 'Vatanparvar' bogʻiga tashrif qildik.Dastl