calendar 10 May 13:30
eye 44
comments 0
comments Manba: postda.uz

Yoshlar muammolari hal etilmoqda

image

Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida viloyat IIB boshlig‘i qizil toifadagi mahallalarda yashovchi hamda probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv doirasida “qizil” toifadagi mahalla yoshlarining muammolari ham o‘rganildi. Asosan uy-joy olish uchun subsidiya ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun kredit mablag‘lari olish, ishga joylashish, tikuv mashinasi, o‘t o‘rish va yog‘och kesish apparatlari bilan ta'minlash, probatsiya nazoratidan muddatidan ilgari ozod qilish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga yechim izlandi. 9 nafar yigit-qizning murojaati shu yerning o‘zida hal etildi. Ishsiz bo‘lgan yoshlardan 1 nafariga yog‘och kesish apparati, 3 nafariga o‘t o‘rish apparati, 1 nafariga o‘simliklarga dori sepish apparati va nogironligi bor 1 nafar shaxsga nogironlik aravachasi hamda 12 nafar yoshga kitoblar to‘plami topshirildi.

O‘z muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,71 soʻmga koʻtarilib, 12 974,98 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,48 soʻmga pastlab, 13 540,69 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,32 soʻmga koʻtarildi va 133,06 soʻmni tashkil qildi.

27 Jan 00:54
 
32
0
xs.uz

Dollar “uchmoqda”, yevro va rubl ham koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 21-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,09 soʻmga koʻtarilib, 12 975,09 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 21,31 soʻmga oshib, 13 373,43 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,14 soʻmga koʻtarildi va 127,63 soʻmni tashkil qildi.

31 Jan 15:21
 
33
0
xs.uz

Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt

27 Jan 00:54
 
42
0
xs.uz

Bu yil uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm ajratiladi

Uy-joy qurishda asosiy eʼtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʼkidlandi.Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish oʻrni koʻpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaha