calendar 06 Feb 14:10
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Namanganda ishsiz qoldirilgan fuqaroga 16 mln to‘lab beriladigan bo‘ldi 

image

Namangan viloyatida fuqaro sud qaroriga qaramay, ishga olinmadi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi. 

Bildirilishicha, Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro sud qarori bilan ishga olinishi belgilangan. Ammo qaror ijrosi ta’minlanmay kelgan. Shundan so‘ng, u ombudsmanga murojaat qilgan.

Ombudsmanga ko‘ra, ushbu shikoyat nazoratga olingan hamda tegishli idoralarga murojaat qilingan. Natijada fuqaro 2024 yilning yanvar oyidan Uychi tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilingan.

Shuningdek, fuqaroga 4 oy majburiy bekor yurgan vaqti uchun 16 million so‘m ish haqi to‘lab berilishi belgilangan. Hozirda ushbu summadan 6 mln so‘m berilgan. Qolgan pul malag‘ini undirish esa Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili zimmasiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qilishi aytilgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

08 Sep 16:44
 
27
0
xs.uz

Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi

Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutu

20 Sep 00:22
 
21
0
xs.uz

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining “taqdiri”ga oid muhim farmon qabul qilindi

Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanilishiga oid 'Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston'Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Xabarda aytilishicha, 'Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish' mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan 'yoʻl xaritasi'ga muvofiq oʻtkazilmoqda.'Qardosh