calendar 20 Sep 00:22
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining “taqdiri”ga oid muhim farmon qabul qilindi

image
Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanilishiga oid 'Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qabul qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Bunda bir nechta shartlar amal qilishi kerak. Birinchidan, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida ' 3-yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan qoʻllaniladi.

Ikkinchidan, boshqa aholi punktlarida ' 5-yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10-yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan beriladi.

Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

'Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi bugun Trinidad va Tobago hamda Haitiga qarshi dona surishi haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
32
0
xs.uz

Samarqandda 48 yoshli erkak dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi

Samarqand viloyatida 48 yoshli fuqaro dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.Bildirilishicha, 1-avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand tumani Yangi ariq mahallasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1976-yilda tugʻilgan erkak dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning hovlisidan 15 kg 300 gm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.Bild

24 Aug 17:26
 
21
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

29 Jul 15:39
 
55
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy

03 Sep 21:35
 
14
0
xs.uz

Sharofat Noriyeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor boʻldi

Mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini yangi bosqichga koʻtarishda oʻzining vatanparvarlik, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib, koʻplab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, xususan, bogʻdorchilik, koʻchatchilik va gulchilik tarmoqlarini ilgʻor tajriba va innovatsion usullar asosida rivojlantirish, hududda tomorqachilikni keng targʻib qilish, ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish,