calendar 05 Feb 11:28
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘izistonda elektron sigaretlarga taqiq qo‘yilmoqchi

image

Qirg‘iziston Jogorku Kenesh (parlament) deputati Shairbek Tashiyev Qirg‘izistonda elektron sigaret chekishni taqiqlash tarafdori ekanini aytdi. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. 

O‘zgartirishlar maxsus to‘ldiruvchi suyuqlik solingan bakiga ega bo‘lgan elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi. 

Jumladan, elektron sigaretlardan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslarga belgilangan hisoblash miqdorining 400 baravari (40 ming som yoxud 447 AQSH dollari), yuridik shaxslarga 600 baravari (60 ming som yoxud 671 AQSH dollari) miqdorida jarima solish taklif etilmoqda. 

Elektron sigaretani sotish jismoniy shaxslarga belgilangan hisoblash miqdorining 500 baravari (50 ming som yoxud 559 AQSH dollari), yuridik shaxslarga 650 baravari (65 ming som yoxud 727 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Elektron sigaretalar olib kirish uchun 1,5 mingdan 2 ming belgilangan hisoblash miqdorigacha (150-200 ming som yoxud 1679-2239 AQSH dollari) jarima yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash taklif qilinmoqda. 

Xalq deputati so‘nggi yillarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida elektron sigaretlardan foydalanish sezilarli darajada oshganini qayd etdi. 

“Suyuqliklarning tarkibi va kimyoviy tarkibiy qismlari haqida hech kim bilmaydi. Sigaretaga yoqimli hid va ta’m beradigan ba’zi xushbo‘y moddalar allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektron sigaretlardan foydalanish bronxial astma rivojlanishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi asoslash guvohnomasida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
29
0
qalampir.uz

Si Szinpin Pekinda Lavrovni qabul qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi. “Biz o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, sizning rahbarligingizda so‘nggi o‘n yillikda erishgan muvaffaqiyatlaringizni yuksak qadrlaymiz va hayratda qolamiz. Biz bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnunmiz, chunki bu do‘stlarning muvaffaqiyati. Biroq dunyoda hamma ham bunday munosabatda emas va ular Xitoyning rivojlanishini to‘xtatish uch

07 Mar 20:08
 
48
0
qalampir.uz

Rossiya hindlarni Ukrainaga qarshi urushga yuborgani ma’lum bo‘ldi 

Rossiya armiyasi tarkibida 20 ga yaqin Hindiston fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi. Yollanma askarlarning oila a’zolariga ko‘ra, hindlar aldov yo‘li bilan urushga jalb qilingan. Hindiston hukumati fuqarolarini qaytarib olish bilan shug‘ullanmoqda.  “Biz ulardan ba’zilarini ortga qaytardik va qolganlarini ham qaytarish ustida ishlayapmiz”, deydi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Financial Times

07 Mar 20:13
 
39
0
xs.uz

Armanistonning Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishi rad etildi

Armaniston Bosh shtabi rahbari Edvard Asryan respublikaning Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma (KXTSH) chiqishini rad etdi.Matbuot anjumani davomida jurnalistlar Bosh shtab rahbariga mamlakatning ushbu shartnomadan chiqishi oqibatlari haqida savol berishdi.'Biz hali KXTSHni tark etganimiz yoʻq, savolingizning davomi sirni oʻz ichiga oladi', dedi general oʻz javobida. Uning qoʻshimcha qilishicha, Armanistonga Rossiya qurollarini yetkazib berilishi davom etishi masalasi ham davlat

07 Mar 20:13
 
40
0
xs.uz

Norvegiya Ukrainani havo mudofaasi tizimlari bilan taʼminlash boʻyicha koalitsiyaga qoʻshildi

Norvegiya Ukrainani havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro koalitsiyaga qoʻshildi. Bu haqda Germaniya mudofaa vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.'Ukraina uchun kuchli signal: Norvegiya ham havo va raketaga qarshi mudofaa qoʻshma koalitsiyasiga qoʻshildi', ' deyiladi vazirlik xabarida.Xalqaro koalitsiyaga Germaniya va Fransiya boshchilik qilmoqda. Uning maqsadi Ukrainaning havo mudofaasini kuchaytirishdir.Shu yilning 6-mart kuni 'Bloomberg'