Armanistonning Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishi rad etildi

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar Bosh shtab rahbariga mamlakatning ushbu shartnomadan chiqishi oqibatlari haqida savol berishdi.
'Biz hali KXTSHni tark etganimiz yoʻq, savolingizning davomi sirni oʻz ichiga oladi', dedi general oʻz javobida. Uning qoʻshimcha qilishicha, Armanistonga Rossiya qurollarini yetkazib berilishi davom etishi masalasi ham davlat siri hisoblanadi.
Shu yilning 28-fevral kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan respublika KXTSHga aʼzoligini muzlatib qoʻyayotganini maʼlum qildi.
'Bizning fikrimizcha, Armanistonga nisbatan Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma, ayniqsa, 2021-2022-yillarda amalga oshirilmadi va bu bizning eʼtiborimiz chetida qolishi mumkin emas. Biz bu kelishuvdagi ishtirokimizni muzlatib qoʻydik. Koʻramiz, keyin nima boʻladi', ' degan edi oʻshanda Bosh vazir bu qarorga izoh berib.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 2023-yilning 23-noyabr kuni Minskda boʻlib oʻtgan KXTSH sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Avvalroq, Armaniston parlamentida ham mamlakatning KXTSHdan chiqishi rad etilgandi. Respublika Milliy Assambleyasi spikeri Alen Simonyanning aytishicha, hozircha tashkilotga aʼzolikni toʻxtatib turish boʻyicha yakuniy qaror yoʻq.
KXTSHga oltita davlat ' Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston aʼzo.
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq
Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi
Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar
AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi
AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc