calendar 07 Mar 20:08
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya hindlarni Ukrainaga qarshi urushga yuborgani ma’lum bo‘ldi 

image

Rossiya armiyasi tarkibida 20 ga yaqin Hindiston fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Yollanma askarlarning oila a’zolariga ko‘ra, hindlar aldov yo‘li bilan urushga jalb qilingan. Hindiston hukumati fuqarolarini qaytarib olish bilan shug‘ullanmoqda. 

“Biz ulardan ba’zilarini ortga qaytardik va qolganlarini ham qaytarish ustida ishlayapmiz”, deydi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Financial Times nashriga.

Vazirlik o‘z fuqarolarini Rossiya armiyasidan muddatidan oldin chaqirib olish maqsadida barcha ishlarni “faol davom ettirayotganini” aytgan. Urushga jo‘natilgan hindlar frontdan uzoqda ishlash va Yevropa Ittifoqi bilan chegarada yashash va’dalari bilan jalb qilingan.

Haydarobodlik Muhammad Imronning aytishicha, uning 30 yoshli ukasi Muhammad Asfan Rossiya armiyasi tarkibida Moskvada ishlash va qisqa vaqt ichida Rossiyada doimiy yashash huquqiga ega bo‘lish mumkinligi haqidagi YouTube’da joylangan videoni ko‘rib, ishongan.

U yo‘qolgan ukasini qidirish uchun shu hafta Rossiyaga bormoqchiligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukasi noyabr oyida Moskvaga borgan, unga rus tilidagi shartnomaga imzo qo‘ydirishgan, dekabrda esa Ukrainadagi frontga olib ketilgan. 

Bundan tashqari, Hindiston shimolidagi Panjob va Xaryana shtatlaridan Yangi yil munosabati bilan Rossiyaga sayohat qilgan bir guruh erkaklar qarindoshlariga videolavha yuborib, rasmiylardan zudlik bilan yordam so‘rashgan. Videoda ulardan biri sayohatga taklif qilgan odam tomonidan aldanganini va ular Belarusga kelganini, u yerda vizasiz kirib kelgani uchun “Rossiya armiyasiga topshirilganini” da’vo qiladi.

Shuningdek, aldangan “askarlar” uchun oyiga 2000 AQSH dollari va’da qilingani ham ma’lum bo‘lgan.

Rossiyaga borgan mehnat muhojirining Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolashga majbur qilinayotgani haqida avval ham bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.

Sarvar Xurramov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 01:24
 
46
0
xs.uz

Jo Bayden Putin va Szinpinning qoʻlidagi qoʻgʻirchoq — Donald Tramp

Donald Tramp AQSH prezidenti boʻlganida goʻyoki Rossiyaga 'Shimoliy oqim 2' gaz quvurini qurib, ishga tushirishga ruxsat bermagan. Biroq uning vorisi Moskvaga buni amalga oshirish imkoniyatini bergan.Siyosatchi bundan xulosa qiladiki, Jo Bayden Vladimir Putin va Si Szinpin va boshqa har qanday dunyo yetakchisi qoʻlidagi qoʻgʻirchoqdir.Buni Tramp oʻzining 'Truth Social' ijtimoiy tarmogʻida Amerika prezidentining Kongress aʼzolari oldidagi nutqiga izoh berib yozdi.U AQSHning amaldagi rahba

07 Mar 20:08
 
61
0
qalampir.uz

Turkiyada yana zilzila bo‘ldi

Turkiyaning Hatay viloyatida yana zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “Son dakika” nashri xabar berdi. Nashrning yozishicha, Turkiyaning Hatay viloyatida kecha 5 mart kuni  soat 10:15 da 4,0 magnitudali zilzila qayd etilgan. Zilzila 6.04 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shahar markazida sezilgan zilziladan hech qanday zarar yetmagan. Ma’lumot uchun, Turkiyaning Qandilli rasadxon

07 Mar 20:13
 
45
0
xs.uz

YI jang maydonida gʻalaba qozonish imkonini beruvchi yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishi kerak — YK rahbari

Yevropa Ittifoqi (YI) aʼzo mamlakatlarga oʻzini himoya qilish va 'jang maydonida gʻalaba qozonish' imkonini beradigan yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak.Ushbu fikrlarni Yevrokomissiya (YK) rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa xalq partiyasining Buxarestda boʻlib oʻtgan qurultoyida aytib oʻtdi.'Yevropa Ittifoqi jang maydonida gʻalaba qozonish imkonini beradigan yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishni taʼminlashi kerak va Yevropa xalq partiyasi oʻzini h

08 Mar 17:21
 
50
0
qalampir.uz

Rossiya armiyasi Xarkov viloyatini o‘qqa tutdi

Bugun, 8 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev shahriga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov va viloyat politsiyasining Telegram-kanallarida xabar berildi. Aytilishicha, hujum oqibatida do‘konlar, mehmonxona va 13 ga yaqin avtomobil zarar ko‘rgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan. Oldinroq 7 mart kuni Rossiya harbiylari Sumi viloyatini o‘qqa tutg