YI jang maydonida gʻalaba qozonish imkonini beruvchi yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishi kerak — YK rahbari

Ushbu fikrlarni Yevrokomissiya (YK) rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa xalq partiyasining Buxarestda boʻlib oʻtgan qurultoyida aytib oʻtdi.
'Yevropa Ittifoqi jang maydonida gʻalaba qozonish imkonini beradigan yangi avlod qurollarini ishlab chiqarishni taʼminlashi kerak va Yevropa xalq partiyasi oʻzini himoya qilishga qodir Yevropani oldinga boshlay oladigan partiyadir', dedi fon der Lyayen xonim. U, shuningdek, agar YK rahbari etib qayta saylansa, Yevropa Komissiyasining yangi tarkibida Mudofaa boʻyicha maxsus Yevropa komissari lavozimi koʻzda tutilishiga vaʼda berdi.
Ursula fon der Lyayen shu yilning fevral oyida Yevropa Komissiyasining yangi tarkibida Mudofaa boʻyicha Yevropa komissari boʻlishi maqsadga muvofiqligini maʼlum qilgandi. Uning vazifalariga birlashgan Yevropa mudofaa sanoati salohiyatini oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish kiradi.
Shu yilning 5-mart kuni Yevropa Ittifoqi birinchi marta Yevropa mudofaa sanoati strategiyasini taqdim etdi. U 2025'2027-yillarga moʻljallangan mudofaa sanoatini rivojlantirish boʻyicha Yevropa dasturini oʻz ichiga oladi. Yevropa Ittifoqi 'harbiy sanoatning yuqori tayyorgarligiga' erishish uchun uni rivojlantirishga YI byudjetidan 1,5 milliard yevro ajratishga vaʼda berdi.
Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu
Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi
Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk