calendar 31 Jan 19:32
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy yil boshidan beri Rossiya uchirgan raketa va dronlarni sanadi

image

Yil boshidan buyon Rossiya Ukraina shaharlariga 330 dan ortiq raketa va 600 ga yaqin jangovar dronlarini uchirdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bunday terrorchilar bosimiga qarshi turish uchun yetarlicha kuch kerak va biz hamkorlarimiz bilan birgalikda aynan mana shunday havo qalqonini qurmoqdamiz. Biz Ukraina osmonini himoya qilishimiz kerak. Frontdagi pozitsiyalardan tortib, shifoxonalar va maktablargacha  xavfsizlikni ta’minlash uchun ham bu juda muhim", deb yozgan u.

Zelenskiy shuningdek, havo hujumidan mudofaa va elektron vositalar asosiy ustuvor masala ekanini ta’kidlagan.

"Rossiya terrorini yengish kerak. Eng asosiysi buni eplasa bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy ukrainalik harbiy asirlarni almashish uchun olib ketayotgan Rossiyaning Il-76 harbiy samolyotining halokatga uchrashi ortidan xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilib chiqqan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
48
0
qalampir.uz

Japarov ikki qardosh davlatga boradi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan ikki turkiy davlat – Qozog‘iston va Ozarbayjonga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Japarov 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Dastan Dyushekeyev jurnalistlarga tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qilgan. Tomonlar ikki tomonlam

14 Mar 07:23
 
71
0
xs.uz

Yaponiyada changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ikki kishi halok boʻlgan

Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolidagi Yotey togʻida chet elliklar ekanligi taxmin qilinayotgan changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ulardan ikki nafari halok boʻldi.'Kiodo' agentligining qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berishicha, hodisa 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:00 da sodir boʻlgan. Falokat olti nafar changʻichidan iborat guruh yovvoyi qiyalikdan tushayotgan vaqtda yuz bergan.Guruhning uch nafar aʼzosi qor koʻchkisi ostida qolib ketgan. Ular mu

09 Mar 01:21
 
38
0
xs.uz

Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Erdogʻan Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Anqara Kiyevni qoʻllab-quvvatlashda davom etish niyatida ekanini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar 'don kelishuvi' va Qora dengizdagi xavfsizlikni muhokama qilgan.'Men strategik hamkorimiz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini taʼkidladim. Mojaroning mintaqaviy va global oqibatlari kuchayib bormoqda', dedi Erdogʻan matbuot anjumanida.Turkiya prezidentining qoʻshimc

07 Mar 20:07
 
54
0
postda.uz

ОЛОВЛИ ЙИЛЛАРНИ ЭСЛАБ

Афғонистон. Ушбу давлат номини эшитган ҳар бир инсон кӯз олдида беихтиёр узоқ йилларга чӯзилган урушлар, унинг оқибатида вайрон бӯлган қишлоқ ва шаҳарлар, тартибсизлик, оч-наҳорликдан қийналаётган аҳоли намоён бӯлади. Дарҳақиқат, бир пайтлари тинч яшаб келаётган юр