calendar 14 Mar 07:23
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yaponiyada changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ikki kishi halok boʻlgan

image
Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolidagi Yotey togʻida chet elliklar ekanligi taxmin qilinayotgan changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ulardan ikki nafari halok boʻldi.

'Kiodo' agentligining qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berishicha, hodisa 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:00 da sodir boʻlgan. Falokat olti nafar changʻichidan iborat guruh yovvoyi qiyalikdan tushayotgan vaqtda yuz bergan.

Guruhning uch nafar aʼzosi qor koʻchkisi ostida qolib ketgan. Ular mustaqil chiqib olishga muvaffaq boʻlgan. Manbada halok boʻlganlarning millati haqida maʼlumot yoʻq.

Shuningdek, agentlik voqea sodir boʻlgan kuni hududda qor koʻchkisi haqida ogohlantirish berilmaganini ham qayd etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
54
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda toshqin boshlanganidan beri 86 ming kishi evakuatsiya qilindi

Qozog‘iston qutqaruvchilari mart oyi boshidan beri 86 ming fuqaroni suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Toshqin boshlanganidan buyon 86 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilindi. Jalq qilingan samolyot 2823 kishini qutqarib qoldi. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 8 ming 472 kishi bor. 81 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga olib keti

23 Apr 03:36
 
29
0
xs.uz

AQSH Ukrainaga kelasi hafta harbiy yuk yetkazib berishni qayta tiklashi mumkin

AQSH kelasi hafta oxirigacha Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketalarini oʻz ichiga olgan harbiy yuklarni yetkazib berishni tiklashi mumkin. Bu fikrlarni AQSH Senati razvedka qoʻmitasi raisi Mark Uorner CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.Uning taʼkidlashicha, 23-24-aprel kunlari senatorlar Kiyev rasmiylariga qariyb 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqullab, Oq uy rahbari Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etadi.'Umid qilamanki, prezident imzolagan

10 May 13:30
 
21
0
qalampir.uz

Rossiyada qirg‘izistonlik taksi haydovchisi bir odamni yong‘indan qutqarib qoldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida kecha, 7 may kuni tushdan keyin Soyuznaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, ikkinchisi esa qirg‘izistonlik taksi haydovchisi yordamida qutqarib qolindi. Bu haqda “Argumenti i fakti” nashri xabar berdi. Qirg‘izistonlik Bobur Karimov mashina haydab ketayotganda yong‘inni ko‘rgan. U 20-qavat derazasiga ko‘tarilgan va yong‘in tuzog‘idan qutqarilishni kutayotgan odamni payqaga

11 May 10:06
 
26
0
qalampir.uz

Rossiyada avtobus daryoga tushib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Sankt-Peterburg markazida 20 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketdi. Bu haqda TASS xabar berdi. Qayd etilishicha, haydovchi bir nechta mashinani urib yuborgan va avtobus ko‘prikdan pastga qulagan. Yaqin atrofdagi qurilish maydonchasida ishlayotgan ishchilar odamlarni avtobusdan tushirishga yordam bergan. Ta’kidlanishicha, ular tushlik qilayotgan edi va suvga tushib ketgan avtobusni ko‘rib, odamlarni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. Favqulodda vaziyat