calendar 23 Apr 03:36
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQSH Ukrainaga kelasi hafta harbiy yuk yetkazib berishni qayta tiklashi mumkin

image
AQSH kelasi hafta oxirigacha Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketalarini oʻz ichiga olgan harbiy yuklarni yetkazib berishni tiklashi mumkin. Bu fikrlarni AQSH Senati razvedka qoʻmitasi raisi Mark Uorner CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning taʼkidlashicha, 23-24-aprel kunlari senatorlar Kiyev rasmiylariga qariyb 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqullab, Oq uy rahbari Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etadi.

'Umid qilamanki, prezident imzolaganida bu materiallar hafta oxirigacha yetib boradi', dedi Uorner.

'Ukrainaga yetkazib beriladigan uzoq masofali oʻq otish qurollari boʻladimi?', degan savolga qoʻmita rahbari ijobiy javob berib, Amerika maʼmuriyati soʻnggi ikki oy davomida ATACMS raketalarini topshirishga tayyorgarlik koʻrganini va bu haqda bir kun oldin tasdiqlangan hujjatda aytilganini taʼkidladi.

ATACMS ' Lockheed Martin korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan tezkor-taktik ballistik raketa hisoblanadi. U bir nechta raketa tizimlaridan, shu jumladan M142 HIMARSdan ham uchirilishi mumkin.

Bir kun avval AQSH Kongressi Vakillar palatasi koʻpchilik ovoz bilan Ukrainaga salkam 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shundan 23,2 milliardi Pentagon omborlaridan oʻtkazilgan qurollarni toʻldirishga yoʻnaltirilishi taklif qilinmoqda. Yana 13,8 milliardi ochiq bozorda qurol sotib olishga ketadi, 11,3 milliardi esa 'mintaqadagi davom etayotgan AQSH harbiy amaliyotlarini' qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan.

Kongressmenlar tomonidan maʼqullangach, hujjat Senatga yuboriladi, soʻngra u yerda qoʻllab-quvvatlansa, prezident Jo Bayden tomonidan imzolanishi uchun yuboriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
18
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

17 May 21:47
 
297
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

17 May 21:47
 
28
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

13 May 14:38
 
103
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri