Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Erdogʻan Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi

'Men strategik hamkorimiz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini taʼkidladim. Mojaroning mintaqaviy va global oqibatlari kuchayib bormoqda', dedi Erdogʻan matbuot anjumanida.
Turkiya prezidentining qoʻshimcha qilishicha, mamlakat Ukrainani 'qayta tiklashga jadal hissa qoʻshishga' tayyor. Shuningdek, u Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro muzokaralar yoʻli bilan yakunlanishi kerakligini aytib, Moskva ishtirokida tinchlik sammitini oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida Vladimir Zelenskiy Ukraina turk mudofaa kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Unga koʻra, Kiyev harbiy asirlarni ozod qilishda ham Anqaraning yordamiga muhtoj.
Zelenskiy Turkiyaga oxirgi marta 2023-yil iyul oyida tashrif buyurgan edi. Keyin tomonlar birgalikda dronlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar. 2024-yil fevral oyida Turkiyaning Baykar mudofaa kompaniyasi Ukrainada Bayraktar TB2 va TB3 rusumli uchuvchisiz oʻchoqlarni ishlab chiqaradigan zavod qurishni boshladi.
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi
Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona