calendar 20 Mar 12:55
eye 98
comments 0
comments Manba: xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

image
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.

Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan. Bu 2008-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

2024-yilda dunyoning turli hududlarida 151 ta misli koʻrilmagan iqlim hodisalari qayd etildi. Yaponiyada haroratning keskin koʻtarilishi yuz minglab kishining issiqdan jabr koʻrishiga sabab boʻldi. Avstraliyaning Karnarvon shahrida harorat 49,9 darajaga, Eronning Tabas shahrida 49,7 darajaga yetdi. Malida esa mamlakat boʻylab 48,5 darajagacha issiqlik kuzatildi.

Italiyada rekord darajadagi yogʻingarchilik natijasida suv toshqinlari va elektr uzilishlari kuzatildi. Senegal va Braziliyada sel minglab uylarni vayron qildi. Pokistonda esa toʻsatdan yuz bergan suv toshqinlari ekinlarga jiddiy zarar yetkazdi.

Iqlim oʻzgarishi tufayli 2024-yilda dovullar ham misli koʻrilmagan darajada kuchaydi. Filippinga bir oy ichida oltita tayfun urildi. AQSHning Florida shtati tarixida eng kuchli boʻlgan 'Helene' dovuli roʻyxatga olindi. Vetnamda esa 3,6 million kishiga taʼsir qilgan 'Yagi' super tayfuni sodir boʻldi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterres dunyo yetakchilarini iqlim oʻzgarishiga qarshi faolroq choralar koʻrishga chaqirdi. U arzon va toza energiya manbalaridan foydalanish iqlim inqirozini yumshatishi mumkinligini taʼkidlagan.

Tabiatni muhofaza qilish tashkiloti vakili Lyuk Parsonsning fikricha, 2024-yil insoniyat tarixidagi eng issiq yil boʻldi. Biroq olimlar keyingi oʻn yillik yanada issiq boʻlishini taxmin qilmoqda. U iqlim oʻzgarishi tufayli tabiiy ofatlar soni va shiddati yanada ortishini taʼkidlab, global miqyosda islohotlar zarurligini bildirdi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻnggi yillarda 550 dan ortiq issiqlik toʻlqini, suv toshqini, boʻron va yongʻin global isish natijasida yanada kuchaygan. Shunga qaramay, uglerod chiqindilari hali ham kamaymagan, bu esa iqlim inqirozining yanada jiddiylashishiga olib kelishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
43
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

13 May 14:38
 
106
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl

18 Apr 11:08
 
54
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.