calendar 30 Jan 21:48
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqmaydi – Nuland 

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqmaydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi

"Qo‘shma Shtatlar Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqmayapti. Kecha Istanbuldagi cherkovda sodir etilgan fojiali voqealar shuni ko‘rsatdiki, ISHID hali ham ko‘p joylarda faol. Biz Turkiya bilan terrorizmga qarshi kurash borasida o‘nlab yillar davomida hamkorlik qilamiz", deydi u.

Nulandning ta’kidlashicha, AQSH va Turkiya uchun terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish har qachongidan ham muhimroq, “garchi tomonlar har doim ham kurash qanday olib borilishi kerakligi borasida kelishmasa ham”.

“Bu kecha Istanbulda yaqqol namoyon bo‘ldi, bu bizning Iordaniyadagi kuchlarimiz misolida ham ko‘rinib turibdi. Shuning uchun biz bir-birimizga muhtojmiz. Biz gaplashgan narsalardan biri terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish va Suriyada qanday qilib oldinga siljish bo‘yicha muloqot qilish edi, chunki har ikki tomonning ham, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash masalasida muhim manfaatlari bor”, deya ta’kidlaydi AQSH Davlat departamenti vakili.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Foreign Policy” jurnali Davlat departamenti va Pentagondagi manbalarga tayanib, Vashington Amerika qo‘shinlarini Suriyadan to‘liq olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini yozgandi. Turkiyaning “Hürriyet” gazetasi esa Anqara Amerika qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqish rejalari haqidagi xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishini xabar qilgandi. Qayd etilishicha, Turkiya AQSHning nafaqat Suriyadan, balki butun Yaqin Sharqdan ham chiqib ketishga intilish tendensiyasini ko‘rmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 May 13:33
 
20
0
qalampir.uz

Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi harbiy yordam paketini uzatadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi kecha, 11 may kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yer usti texnikasidan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukraina u

10 May 13:30
 
24
0
qalampir.uz

Moskvada YeOII sammiti boshlandi (video)

Bugun, 8 may kuni Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 10 yilligiga bag‘ishlangan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. Bu yil tashkilotga Armaniston raislik qilmoqda. Sammitga Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlari va Armaniston Bosh vaziri tashrif buyurdi. YeOII yetakchilarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuviga hozirda ittifoqda kuzatuvchi d

12 May 09:41
 
18
0
qalampir.uz

Braziliyada suv toshqini qurbonlari 130 nafardan oshdi

Braziliya janubida suv toshqinlari oqibatida kamida 136 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Argentina va Urugvay bilan chegaradosh Rio-Grande-du-Sul shtati fuqarolik mudofaasi xizmati xabar berdi. “141 nafar kishi bedarak ketgan, 136 nafar kishi esa vafot etgan”, deyiladi hisobotda. Avvalroq suv toshqinlari paytida 113 kishi qurbon bo‘lgani aytilayotgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini tufayli deyarli 340 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lg

11 May 14:46
 
18
0
qalampir.uz

Rossiya Xarkovga hujumlarini kuchaytirdi

Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi kecha, 10 may kuni ertalab soat beshda boshlandi va hozirgacha davom etmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilishicha, chegara zirhli texnikalar ko‘magida buzib o‘tilgan, turli intensivlikdagi janglar davom etmoqda. Kunduzi Ukraina Qurolli Kuchlari pozitsiyalariga havo zarbalari berilgan, kechasi esa Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasining oldingi chizig‘iga artilleriya hujumlari boshlangan. Ukraina tomo