calendar 12 May 09:41
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Braziliyada suv toshqini qurbonlari 130 nafardan oshdi

image

Braziliya janubida suv toshqinlari oqibatida kamida 136 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Argentina va Urugvay bilan chegaradosh Rio-Grande-du-Sul shtati fuqarolik mudofaasi xizmati xabar berdi.

“141 nafar kishi bedarak ketgan, 136 nafar kishi esa vafot etgan”, deyiladi hisobotda. Avvalroq suv toshqinlari paytida 113 kishi qurbon bo‘lgani aytilayotgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini tufayli deyarli 340 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan, 1,95 million mahalliy aholi vakili ushbu ofatdan jabrlangan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta boshida Braziliya janubida kuchli yomg‘ir quya boshlagandi. Mamlakat Prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva mintaqaga tashrif buyurgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
35
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

08 Jun 02:27
 
37
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

Tanzaniyada ikki avtobus toʻqnashuvi oqibatida 38 kishi qurbon boʻldi

Uning soʻzlariga koʻra, YTH 28-iyun kuni kechqurun Kilimanjaro viloyatiga qarashli Moshi shahri yaqinida sodir boʻlgan. Hodisada avtobuslardan birining shinasi yorilib ketgan va haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtobus bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.Kilimanjaro viloyati komissari 'Xinhua' agentligiga telefon orqali bergan intervyusida aytishicha, halok boʻlganlar orasida bir oi

01 Jul 04:28
 
9
0
xs.uz

Ukraina Ottava shartnomasidan chiqmoqda

Ukraina piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyadan chiqish niyatida.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Ottava shartnomasidan chiqish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Ushbu shartnoma piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi bitim hisoblanadi.Ottava konvensiyasi 1999-yildan beri BMT shafeligida ishlaydi. U ishtirokchi mamlakatlarga piyodalarga qarshi minalar zaxiralarini saqlashni, ulardan foydalanishni va boshqa mamlakatlarga oʻtkazishni t