calendar 30 Jan 05:00
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jarimani vaqtida toʻlamagani uchun jazo ogʻirlashtirildi

image
Fuqaro Q. Y. ga jinoyat ishlari boʻyicha Chortoq tuman cudining hukmiga asosan davlat foydasiga 17 million 840000 soʻm jinoiy jarima qoʻllanilgan edi. Mazkur hujjat Byuroning Chortoq tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgandan soʻng qarzdorga uni belgilangan muddatlarda toʻlanishi yuzasidan ogohlantirish beriladi. Biroq, uch oy davomida bu ishdan boʻyin tovlab kelgan. Shundan soʻng davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritildi. Sud hukmiga koʻra Q. Y. endi ozodlikni cheklash jazosini oʻtaydigan boʻldi.

Yana bir fuqaro A. T. ga ham jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tuman cudining hukmiga asosan davlat foydasiga 14 million 977500 soʻm jinoiy jarimani undirish belgilangan. U ham majburiyatni bajarmay keldi va jarimani toʻlashdan boʻyin tovlagani uchun sud hukmi bilan ozodlikni cheklash jazosini oldi.

' Bu singari shaxslar jarima toʻlovini paysalga solish bilan javobgarlikdan qutula olmaydilar, balki, oʻz ahvollarini murakkablashtiradilar, ' deydi MIBning Namangan viloyat boshqarmasi inspektori Oybek Inoyatov. ' Masalan, oʻtgan yili yakuni bilan shunday xatti-harakatni sodir etgan 104 nafar shaxsning ishi sudga oshirilib, jinoiy jazoning ogʻirroq turiga hukm qilindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 May 23:01
 
13
0
qalampir.uz

Samarqandda kotlovan qazilayotgan vaqtda qo‘shni uy qulab tushdi (video)

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgani haqida videotasvirlar tarqalgandi. Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, mazkur ob’ekt viloyatning Juma shahridagi “Samarqand” MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy bo‘lib, haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois

15 May 23:01
 
16
0
qalampir.uz

Samarqandda uy qulashi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgani haqida xabar bergandik. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2024 yil 15 may kuni fuqaro H.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "Samarqand" mahallasi Samarqand ko‘chasi 28-raqamli yashash uyi bilan

14 May 19:58
 
18
0
qalampir.uz

Xorazmda YPX xodimidan qochib, yo‘lovchilarni sarson qilgan taksichi ushlandi

Xorazm viloyati Urganch shahrida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘lovchilari bilan birga qochgan taksichi qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 14 may viloyat IIB axborot xizmati xabar beradi. Qayd etilishicha, kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Gentra rusumli avtomashina haydovchisi joriy yilning 2 may kuni Urganch shahrining Gurlan ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tib, svetoforning qizil chirog‘ida yo‘lning qarama-qarshi qismidan harakatlangan.

16 May 16:01
 
5
0
qalampir.uz

Rossiyada kurer bo‘lib ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shu sababli ushbu mamlakat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.  Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, murojaatlardan norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki