calendar 15 May 23:01
eye 106
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda uy qulashi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

image

Avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgani haqida xabar bergandik. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 15 may kuni fuqaro H.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "Samarqand" mahallasi Samarqand ko‘chasi 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qo‘shnisi T.B. hovlisida do‘kon qurish uchun (chuqur) kotlovan qazdirganligini, o‘zi va MFY raisining quruvchilarga chuqur qazishni to‘xtatishini, aks holda yashash uyi qulab tushishini bir necha bor aytishiga qaramasdan ishida davom etganinini bildirgan. 

Arizaga ko‘ra, buning oqibatida 14 may kuni soat 19:45 larda yashash H.M.ning xonadoni qulab tushib, unga 300.000 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Jabrlanuvchi fuqaro T.B.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

"Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan Pastdarg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 15.05.2024 yilda JKning 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda axborot berilishi ta’minlanadi", deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
183
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga mamlakatni tark etish yoʻllari boʻyicha maʼlumot berdi

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ochiq nazorat-oʻtkazish punktlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.Misr orqali:'Menaxem Begin'/'Taba' nazorat-oʻtkazish punkti (Ey

08 Jun 02:26
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini

01 Jul 04:28
 
9
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat

Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo'lib o'tmoqda.O'zbekiston yoshlarini tabriklash va qo'llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.Kongress markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, 'Yosh innovatorlar' ko'rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, uchuvchisiz qurilmalar namoyish eti

18 Jun 21:55
 
24
0
xs.uz

“Sharaf yorligʻi”: ota-onalar mehnatining oʻziga xos eʼtirofi

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan 'Dolzarb 90 kun' tadbirlari doirasida 'Sharaf yorligʻi' loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaga koʻra eng faol, namunali, tashabbuskor talabalarning uylariga 'Ushbu xonadonda Guliston davlat universitetining eng namunali talabasini tarbiyalagan muhtaram ota-ona istiqomat qiladi' degan mazmundagi 'Sharaf yorligʻi' oʻrnatilmoqda.' Talabaning har jih