calendar 01 Jul 04:28
eye 1
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat

image
Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston yoshlarini tabriklash va qo'llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.

Kongress markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, 'Yosh innovatorlar' ko'rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, uchuvchisiz qurilmalar namoyish etilgan. 'Yashil' tashabbuslar' maydonchasida ekologiya, muqobil energetika, qishloq xo'jaligi kabi sohalarga oid ishlanmalar ko'rsatilgan. 'Kreativ loyihalar' bo'limidan hunarmandlik, dizayn, tasviriy san'at, video va prodyuserlik faoliyatidagi yutuqlar o'rin olgan. 'Yoshlar tadbirkorligi va startaplar' maydonchasida ushbu yo'nalishdagi muvaffaqiyatli loyihalar haqida ma'lumot berilgan.

Jumladan, toshkentlik Rustam Hamdamovning 'Billz' dasturi kichik va o'rta biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi. Hozirgacha bu loyihaga Buyuk Britaniya, Singapur, Turkiya ishbilarmonlari 6 million 600 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan.

Qoraqalpog'istonlik yosh fermer Sherzod Niyazimbetov organik pomidorlar yetishtirib, quyoshda quritib va qadoqlab, Italiya hamda Fransiya kabi davlatlarga eksport qilmoqda. Uning korxonasida 200 nafarga yaqin xodim ishlamoqda.

O'zbekiston Prezidentining 2019-yildagi qarori bilan tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi bugungi kunda 7 mingdan ziyod yosh olimlarni birlashtirgan. Ko'rgazmada ular uchun keng o'rin ajratilgan. Toshkentlik Sayfullo Qodirov ekin maydonlarini raqamli xaritalash va yuqoridan dori sepish imkonini beruvchi dronlar yasagan.

Olimlar orasida 'Raqamli avlod qizlari' tanlovi g'olibalari ko'pligi ham diqqatga sazovor. Xorazmlik Lobar Abdullayeva onkologik kasalliklarga sun'iy intellekt orqali tashxis qo'yishga mo'ljallangan 'AI Scan' dasturini ishlab chiqqan. Qoraqalpog'istonlik Qumara Sagidullayeva quyosh energiyasida yuruvchi kichik traktor, toshkentlik Abdulloh Jamoliddinov bog'ni avtomatik sug'orish tizimini ixtiro qilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur taqdimotlar bilan tanishib, ularning tashabbuskorlari bilan muloqot qildi.

' Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat, mamlakatimiz kelajagiga tayanch. Bugun farzandlarimiz zamonaviy yo'nalishlarni egallab, ancha ilgarilab ketyapti. Ularni qo'llab-quvvatlasak, sifatli ta'lim berib, sharoit yaratsak, bundan ham katta natijalarga erishadi,'' dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga ixtirochi yoshlarni tegishli vazirliklarga biriktirib, loyihalarini rivojlantirish bo'yicha ko'rsatma berildi.

Yurtimizda bunday iqtidorli o'g'il-qizlar ko'p. Bu ta'lim sohasiga, ayniqsa, STEAM yo'nalishlariga qaratilayotgan e'tibor natijasi. So'nggi yillarda matematika, fizika, kimyo va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan ko'plab maktablar tashkil etildi. 'Bir million dasturchi' loyihasi doirasida 325 ming yigit-qiz o'qitildi.

Yosh tadbirkorlar tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so'mdan oshgan. Startaplarni 'moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritilgan.

Bayram munosabati bilan o'tgan uchrashuvda Prezidentimiz yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlarni belgilab berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
172
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma