calendar 16 May 16:52
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Gruziyalik mashhur UFC jangchisi avtohalokatga uchradi

image

UFC yengil vazn toifasidagi (61 kg gacha) gruziyalik jangchi Merab Dvalishvili baxtsiz hodisaga uchradi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men Nyu-Yorkda bor-yo‘g‘i bir kun bo‘ldim va katta baxtsiz hodisaga duch kelishga ham ulgurdim. Taksida ketayotgan edim, boshqa mashinalar bizning mashinaga kelib urildi. Men orqa tarafdagi yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirib ketayotgandim. Hozir ahvolim ancha yaxshi”, deydi Dvalishvili.

Merab o‘zining so‘nggi jangini 2024 yil 18 fevralda UFC 298 da o‘tkazdi. Uning raqibi ikki vazn toifasida sobiq ufc chempioni, amerikalik Genri Sexudo edi. Jang bir ovozdan Dvalishvili g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dvalishvili keyingi jangini UFC 306 turnirida yengil vazn toifasida amaldagi chempion unvoni sohibi amerikalik Shon O'Melliga qarshi o‘tkazmoqchi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
65
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d

08 Jun 02:27
 
160
0
xs.uz

“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning 'River Pleyt' jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod ' Franko Mastantuonoga qaratdi. 'Qaymoqranglilar' rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli ' 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.'TyC Sports' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtas