calendar 16 May 16:09
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onada ham bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hududida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Videotasvirlarda noma’lum erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib, olib ketmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Mazkur holatga viloyat IIB axborot xizmati o‘z munosabatini bildirdi. 

Qayd etilishicha, olib borilgan o‘rganishlar natijasida ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligi ma’lum bo‘lgan. "Farg‘onada yosh bolani mashinaning orqasiga solib olib ketmoqchi bo‘libdi", mazmunidagi xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilingan: 

2024 yilning 14 may kuni Qo‘qon shahar Obodyurt ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan M.M. ushbu mahallada turar joyga ega bo‘lgan qo‘shnisi M.A.ga tegishli uyning devor va oynasiga tosh otib sindirgan. Buni ko‘rgan M.A. voyaga yetmagan shaxsni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinasining yukxonasiga solib avtomashinani harakatlantirgan paytda M.M.ning onasi V.T. ko‘chaga chiqib, mashinani to‘xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborilgan.  

"Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan  ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Xususan, yuqoridagi xabar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi viloyat IIBning murojaatida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 17:09
 
55
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Yangi Oʻzbekiston armiyasi mardlik, fidoyilik, vatanparvarlik maktabi

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidanInsoniyat tamaddunining beshigi boʻlgan muqaddas Vatanimiz ayni kunlarda yangi davrga qadam qoʻyib, jahonda yangi Oʻzbekiston nomi bilan qayta boʻy koʻrsatmoqda. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mard va oliyjanob xalqimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi marralarni koʻzlab, yangidan-yangi yutuqlarga erishmoqda. Oʻzining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini shar

26 Jul 10:20
 
30
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me