calendar 19 Jul 17:09
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

image

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqargan. 

Biroq sudya tergovchi qanday protsessual xatolikka yo‘l qo‘yganiga aniqlik kiritmadi.
Qayd etish joizki, xususiy ajrim muhokamasi natijasiga ko‘ra, tergovchining javobgarligi (intizomiy va boshqa) ko‘rilishi mumkin.

Shu bilan birga, jabrlanuvchilar Sultonov va Ochilovlarga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik to‘g‘risida yolg‘on xabar bergani uchun Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasi (Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) tartibida prokurorga xabarnoma yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq sud Baxtiyor Qudratullayevни 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, uning akasi Shuhrat Qudratullayevни 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, o‘g‘illari Bekzod Zafarov va Ixtiyor Qudratullayevga 11 va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuманиёзоvaни esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 17:10
 
25
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 4 viloyat hududida sel kelishi xavfi borligini eʼlon qildi

Joriy yilning 11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirli ob-havo sabab, Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda 'Oʻzgidromet' xabar berdi.Qayd etilishicha, Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvch

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik chora

09 Oct 12:39
 
10
0
xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil