calendar 09 Oct 12:39
eye 48
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

image
Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3 nafar hokim, 1 nafar hokim oʻrinbosari va 17 nafar hokimlik xodimlari), joriy yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning esa 11 tasi mahalliy hokimliklar (2 nafar hokim, 3 nafar hokim oʻrinbosari, 2 nafar hokimlik xodimlari, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi) masʼul mansabdor shaxslari hisobiga toʻgʻri kelganligi qayd etildi.

Shuningdek, viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi masalasi ham tanqidiy muhokama qilindi', deyiladi xabarda.

Muhokamalar yakuni boʻyicha viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish, bu borada ayniqsa, hududiy kengash faolligini kuchaytirish, uning aʼzolari masʼuliyatini oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:05
 
20
0
xs.uz

Elchi Alisher To‘xtayev: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy aloqalar so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqdi

'Dunyo' AA muxbiri tashrif arafasida mamlakatimizning Islomoboddagi elchisi Alisher To'xtayev bilan O'zbekiston ' Pokiston ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati va istiqbollari xususida suhbatlashdi.' Pokiston Bosh vazirining O'zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar qay holatda?' O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi siyosiy aloqalar so'nggi yillarda yangi bosqichga chiqdi. Davlat rahbarlarining o'zaro tashriflari, strategik sheriklikka oid kelishuvlar

28 Feb 01:17
 
17
0
xs.uz

Urgutda “Tomorqa – daromad manbai” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Urgut filialida 'Tomorqa ' daromad manbai' mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.Ushbu tadbir Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Toshkent Davlat Agrar universiteti hamkorligida tashkil etildi.Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinib, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash

19 Feb 00:20
 
34
0
xs.uz

OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, 'Kelajakka qadam' dasturi amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu dastur bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshirish, ularni ish bilan taʼminlash hamda oʻz biznes loyihalarini yoʻlga qoʻyishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan.Dastur doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan oliy taʼlim muassasalari b

26 Feb 17:05
 
21
0
xs.uz

Yerni koʻp kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadi

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan 'Yangi Oʻzbekiston' massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatiladi: