Elchi Alisher To‘xtayev: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy aloqalar so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqdi

' Pokiston Bosh vazirining O'zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar qay holatda?
' O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi siyosiy aloqalar so'nggi yillarda yangi bosqichga chiqdi. Davlat rahbarlarining o'zaro tashriflari, strategik sheriklikka oid kelishuvlar va hamkorlikka oid bayonotlar buni yaqqol tasdiqlaydi.
Ikki davlat BMT, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham faol sheriklik qilmoqda.
Har ikki mamlakat mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash borasida hamkorlikni kuchaytirish uchun o'zlarining qat'iy siyosiy irodasini namoyon qilmoqda.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif janobi oliylarining yurtimizga tashrifi siyosiy muloqotlarni yanada mustahkamlashga, o'zaro ishonch va anglashuvni oshirishga xizmat qiladi. Tashrif doirasida muhim siyosiy hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
' Savdo-iqtisodiy sohadagi munosabatlar qanday rivojlanmoqda?
' So'nggi yillarda ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi barqaror o'smoqda. 2024-yil yakunlariga ko'ra tovar ayirboshlash hajmi 404 million AQSH dollardan oshdi.
Hozirgi' kunda tomonlar o'zaro savdo hajmini yanada oshirish, yaqin yillarda 1 milliard dollarlik marraga erishish, sanoat kooperatsiyasini jadallashtirishga qaratilgan qo'shma choralar ustida faol ishlamoqda. Har ikki mamlakat oziq-ovqat, to'qimachilik, elektrotexnika mahsulotlari eksporti va import tarkibini kengaytirish bo'yicha aniq tadbirlarni amalga oshirmoqda.
O'zbekiston Pokistonga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish, ayniqsa, meva-sabzavot, don mahsulotlari va to'qimachilik mahsulotlari yetkazib berishga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Pokistonning farmatsevtika, tekstil, qurilish materiallari va axborot texnologiyalari bo'yicha imkoniyatlari O'zbekiston bozori uchun ham muhim ahamiyatga ega.
To'qimachilik sohasida yirik qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Kuchli tomonlarimizni birlashtirish jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga xizmat qiladi.
Qishloq xo'jaligi sohasida ilg'or texnologiyalar almashinuvi, mahsulotlarni qayta ishlash bo'yicha qo'shma loyihalar, shuningdek, meva-sabzavot va don mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish uchun ulkan salohiyatni ko'ryapmiz. Davlatlarimiz oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash va yangi bozorlarga birgalikda chiqish ustida hamkorlik qilishi mumkin.
O'zbekiston va Pokiston, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasini ham jadal rivojlantirmoqda. Biz IT-markazlar yaratish, qo'shma ta'lim dasturlari va raqamlashtirish loyihalari ustida ishlash, shuningdek, xizmatlarni autsorsing qilish kabi sohalarga e'tibor qaratishimiz mumkin. Bu esa iqtisodiyotimiz uchun katta istiqbollarni ochadi.
' Savdo-iqtisodiy sohada qanday istiqbolli loyihalar rejalashtirilgan?
' Karachi porti orqali tranzit savdosini rivojlantirish, shuningdek, qo'shma investitsiya fondlari tuzish rejalari bor. Bu ikki davlat o'rtasidagi tijorat aloqalarini kuchaytiradi.
Iqtisodiy diplomatiya yo'nalishida infratuzilmani yaxshilash, ikki davlat hududlarida logistika markazlarini barpo etish, savdo uylarini ochish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish ustuvor yo'nalishlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Toshkent va Lahorda o'tkazilgan 'Made in Pakistan' va 'Made in Uzbekistan' milliy sanoat ko'rgazmalari tajribasini kelgusida ham davom ettirish, namoyish etiladigan mahsulotlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.
Ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forumlar tashkil etish orqali yangi investitsion loyihalar va shartnomalar imzolanishiga zamin yaratilyapti.
O'zbekiston va Pokistonning mutasaddi vazirlik va idoralari bilan Tranzit savdo hamda Imtiyozli savdo to'g'risidagi bitimlarning bandlarini to'liq ishga solish, imtiyoz berilgan mahsulotlar sonini oshirish orqali o'zaro savdo-sotiq hajmini oshirish, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish ustida ishlayapmiz. Ikki davlat hududlari, savdo-sanoat palatalari, biznes doiralari o'rtasida bevosita va yaqin hamkorlik o'rnatish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
' O'zaro savdo va investitsiyalarni rivojlantirishda O'zbekiston va Pokiston savdo-sanoat palatalarining o'rni qanday?
' Ikki davlat savdo-sanoat palatalari o'rtasidagi munosabatlar, biznes hamjamiyatlari o'rtasidagi mavjud hamkorlik mexanizmlari o'zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun katta imkoniyatlarni ochib bermoqda. Savdo-sanoat palatalari o'zaro biznes aloqalarni osonlashtirish va qo'shma loyihalarni amalga oshirishda asosiy vositachi bo'lishi mumkin.
Qo'shma biznes platformalari va maxsus qo'mitalarni yaratish tadbirkorlar uchun ishbilarmonlik forumlari, ko'rgazmalar va uchrashuvlarni tashkil etishni yengillashtiradi. Bu, o'z navbatida, ikki mamlakat tadbirkorlariga hamkorlarni topish va qo'shma loyihalarni amalga oshirishda yordam beradi.
' Ikkala davlat infratuzilmani rivojlantirish va energetika sohalarida investitsiyalarni qanday rag'batlantirishi mumkin?
' Mamlakatlarimiz strategik ahamiyatga ega infratuzilma va energetika sohalarida investitsiyalarni rivojlantirish uchun sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish, qulay investitsiyaviy muhit yaratish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kengaytirishi mumkin.
Avtomobil va temir yo'llari, logistika markazlari va yuk terminallariga qaratilgan qo'shma investitsiyalar savdo rivojiga va iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga yordam beradi.
Energetika sohasi ham istiqbolli yo'nalishlardan biridir. Biz qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalari, gidroenergetika va gaz infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha loyihalarda hamkorlik qilishimiz mumkin. Ushbu qo'shma tashabbuslar energetika xavfsizligini ta'minlash bilan birga barqaror energiya manbalariga o'tishni jadallashtiradi.
' O'zbekiston va Pokiston o'rtasida qanday madaniy almashinuv dasturlari yoki tashabbuslari ustida ish olib borilmoqda?
' Mamlakatlarimiz o'rtasida madaniy almashinuvni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surishni rejalashtiryapmiz. Xususan, quyidagi yo'nalishlarda faol ish olib borilmoqda:
-'Pokistonda O'zbekistonning boy madaniy merosini namoyon qiladigan madaniy festivallar va san'at, fotografiya, hunarmandchilik va an'anaviy musiqa ko'rgazmalarini o'tkazish;
-'talabalar va o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash, universitetlar o'rtasida akademik aloqalarni mustahkamlash;
-'mamlakatlarimizning tarixiy merosini targ'ib qiluvchi qo'shma turistik dasturlar va sayohat yo'nalishlarini ishlab chiqish;
-'teatr va kino sohasida qo'shma ijodiy loyihalarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, ikki mamlakatda madaniyat markazlarini ochish umumiy tarixiy va madaniy qadriyatlarni targ'ib qilishning samarali usuli deb hisoblaymiz.
2025-yil 3-yanvar kuni Karachi shahrida O'zbekiston ' Pokiston madaniyat uyi ochildi. U mamlakatlarimiz o'rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash uchun muhim platformaga aylanadi. Markaz o'zbek madaniyati, san'ati, tili va an'analarini faol targ'ib qilib, turli tadbirlarni tashkil qiladi. Shuningdek, u ikki xalq o'rtasida o'zaro anglashuv va do'stlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan dastur va loyihalar uchun maydon vazifasini o'taydi.
' Turizm yo'nalishida qanday qo'shma loyihalar amalga oshirilmoqda?
' O'zbekiston va Pokiston Islom sivilizatsiyasi tarixi, Buyuk Ipak yo'li obidalari, temuriylar hamda boburiylar davri yodgorliklari bilan bog'liq boy umumiy madaniy merosga ega. Bu turizmni yo'nalishidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish uchun keng imkoniyat beradi.
O'tgan yili sentyabr oyida O'zbekiston Pokiston fuqarolari uchun vizani soddalashtirish tartibini joriy qildi. Bu, o'z navbatida, O'zbekistonga tashrif buyurmoqchi bo'lgan sayyohlar, talabalar va tadbirkorlar sonining ortishiga turtki bo'ldi. Viza tartibotlarini soddalashtirish madaniy almashinuvga, tarixiy yodgorliklar va madaniy an'analar bilan tanishishga, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatishga yangi imkoniyatlarni ochdi. Noyabr oyidan boshlab esa 'Uzbekistan Airways' har juma kuni Toshkent ' Lahor yo'nalishi bo'yicha doimiy aviaqatnovlarni yo'lga qo'ydi. To'g'ridan-to'g'ri reyslar transport aloqalarini yaxshilashga, sayohat vaqtlarini qisqartirishga va sayyohlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qilyapti. Shuningdek, bu ishbilarmon doiralar o'rtasida savdo, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga yordam bermoqda.
Ushbu imkoniyatlarni to'laqonli ishga solish uchun mutasaddi vazirlik va sayyohlik kompaniyalari, turistik operatorlar bilan hamkorlikda turizm, jumladan, ziyorat turizmini birgalikda targ'ib qilish maqsadida mamlakatlarimiz tarixiy obidalarini qamrab olgan, mushtarak madaniy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtiruvchi mavzuli turistik marshrutlarni ishlab chiqish ustida ishlar faol davom etmoqda. Bundan tashqari, xalqaro sayyohlik ko'rgazmalarida hamkorlik qilish orqali mamlakatlarimizning jahon turistik bozoridagi o'rnini yanada mustahkamlashga intilyapmiz.
Ishonchim komilki, viza tartiblarini soddalashtirish va to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlar sonining oshirilishi ikki qardosh mamlakat o'rtasidagi sayyohlar oqimini oshirishga va madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanishiga salmoqli ta'sir ko'rsatadi.
' O'zbekiston va Pokiston o'rtasida o'zaro tushunish va hamkorlikni chuqurlashtirishda xalq diplomatiyasining o'rnini qanday baholaysiz?
' Xalq diplomatiyasi va odamlar o'rtasidagi almashinuvlar mintaqaviy o'zaro bog'liqlik tashabbuslarida muhim o'rin tutadi. Bunday hamkorlik shakllari xalqlarimiz o'rtasida mustahkam aloqalar o'rnatishga yordam beradi. Bu esa o'zaro anglashuv, ishonch va ikki qardosh xalq o'rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bunday munosabatlar o'zaro hurmat va ochiqlik muhitini yaratadi. Natijada turli sohalarda ' biznes va ta'limdan tortib madaniyat va yirik qo'shma infratuzilma loyihalarigacha ' ikki tomonlama sheriklikni rivojlanishiga jiddiy turtki beradi.
Xalq diplomatiyasi instrumentlari ikki mamlakat fuqarolariga bevosita muloqot qilish imkonini beradi, xalqlarimiz o'rtasida mustahkam rishtalarni shakllantiradi. Bu jamiyatda shakllanib qolgan eski stereotiplarni bartaraf etish, do'stlikni mustahkamlash va barcha darajada hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Ayni chog'da bunday almashinuvlar shaxsiy va kasbiy aloqalar tarmog'ini yaratish, inson kapitali rivojiga hissa qo'shish va mamlakatlarimiz o'rtasidagi bog'liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu o'zaro munosabatlarni uzoq muddatlarda rivojlantirish uchun muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarda qatnashgan insonlar madaniyatlar o'rtasida ko'prik vazifasini bajaradi, o'zaro hurmat va hamkorlikni kuchaytirishga hissa qo'shadi.
' Kelgusida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari bilan o'rtoqlashsangiz.
' O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida savdo-iqtisodiy, bank-moliya, transport-logistika va madaniy-gumanitar yo'nalishlarda bir qator qo'shma tadbir va loyihalarni amalga oshirishni ish rejamizga kiritganmiz.
Xususan, ikki davlat o'rtasidagi tovar aylanmasini oshirish, o'zaro savdoni rag'batlantirish maqsadida Imtiyozli savdo to'g'risidagi bitim doirasidagi mahsulotlar ro'yxatini kengaytirish hamda banklararo to'lovlarni takomillashtirish bo'yicha muzokaralar davom etyapti. Bu bojxona to'lovlari stavkalarini pasaytirish va o'zaro savdo munosabatlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Yirik transport-logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda yuklarni tez va qulay tashish marshrutlarini diversifikatsiya qilish, bojxona jarayonlarini optimallashtirish masalalari ishlab chiqilmoqda.
Ikki mamlakat hududida qator madaniy tadbirlar, festivallar, ko'rgazmalar tashkil etish qo'shma kun tartibimizga kiritilgan. Sohaviy tashkilotlar bilan yangi va qiziqarli sayyohlik dasturlari shakllantirilmoqda.
O'zbekiston va Pokiston oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish, ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va talabalar almashinuvini faollashtirish borasida ham kelishuvlarga erishilgan. Hozirda ularning implementatsiyasi bo'yicha ishlar davom etmoqda.
' Alisher Hakimovich, suhbat uchun minnatdorlik bildiramiz.
' Katta rahmat.
'Dunyo' AA.
Islomobod
Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov
Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi. Deputat 23-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida qoldirgan xabari tufayli keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oq
Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi
Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml
Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?
Oʻzbekiston hududida 27-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman
Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov
Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.Bundan tashqari, partiya ra