calendar 28 Feb 01:17
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Urgutda “Tomorqa – daromad manbai” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi

image
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Urgut filialida 'Tomorqa ' daromad manbai' mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Toshkent Davlat Agrar universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinib, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyatini zamonaviy asosda tashkil etish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Tadbirda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish va xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, seminarda 'Kremniy kuchi' suyuq organik oʻgʻiti ekinlar hosildorligiga ijobiy taʼsiri haqida taqdimot qilindi hamda 'Uzagrostar xolding' kompaniyasi tomonidan moliyaviy yordam mexanizmlari tushuntirildi.

Seminarda 200 dan ortiq dehqon va tomorqa yer egalari hamda 100 nafarga yaqin fermer xoʻjaliklari vakillari faol ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va moliyalashtirish masalalari boʻyicha foydali tavsiyalar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
49
0
xs.uz

Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana

31 May 08:49
 
30
0
xs.uz

CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli

17 May 21:46
 
61
0
xs.uz

Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b

13 May 14:37
 
137
0
xs.uz

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari qachondan kuchga kiradi?

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan 'Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida'gi nizom tasdiqlandi.Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.Nizomga asosan, jar