calendar 24 Aug 17:26
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi Oʻzbekiston armiyasi mardlik, fidoyilik, vatanparvarlik maktabi

image
Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan

Insoniyat tamaddunining beshigi boʻlgan muqaddas Vatanimiz ayni kunlarda yangi davrga qadam qoʻyib, jahonda yangi Oʻzbekiston nomi bilan qayta boʻy koʻrsatmoqda. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mard va oliyjanob xalqimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi marralarni koʻzlab, yangidan-yangi yutuqlarga erishmoqda. Oʻzining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan bahodir oʻgʻlonlarimiz ham ulugʻ ajdodlar anʼanalarini davom ettirgan holda xalqimiz orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish, Oʻzbekiston mustaqilligi va elimiz tinchligini himoya qilish yoʻlida sobitqadam boʻlib kelmoqda.

Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish ' ustuvor yoʻnalish

Bugungi kunda dunyoda roʻy berayotgan qurolli toʻqnashuvlarni tahlil etgan holda qoʻshinlarni tayyorlashning eng maqbul yoʻnalishlari va mazmuni belgilanib, Qurolli Kuchlarning tezkor boshqaruvini tashkil qilish, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilyapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan qabul qilingan 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangani inobatga olinib, eng murakkab sharoitlarda qoʻshinlarni jangovar harakatlarga samarali va qisqa muddatlarda tayyorlashning yangi shakl hamda uslublari ustida fundamental ishlar olib borilayotir.

Rivojlangan davlatlar armiyalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va zamonaviy qurolli toʻqnashuvlar tahlilidan kelib chiqib, yangi taktik harakatlarni qoʻshinlarga tatbiq etish maqsadida oxirgi uch yil mobaynida 35 dan ortiq konseptual xarakterga ega hujjatlar ishlab chiqildi va harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirish uchun qoʻllanib kelinmoqda.

Xususan, doimiy shaylikdagi brigadalarning jangovar va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari 2 500 soatdan oshirilib, ularning 70 foizi amaliy tarzda oʻtkazilmoqda, tunda oʻtkaziladigan bunday mashgʻulotlar hajmi 50 foizga yetkazildi.

Qoʻshinlardagi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mudofaa vazirligida besh yil oldin faqat 2 ta oʻquv markazi faoliyat yuritgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 19 taga yetkazildi. Joriy yilda ushbu markazlarda boʻlgan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Qozogʻiston va Ozarbayjon davlatlarining harbiy mutaxassislari amalga oshirilgan ishlarni yuksak baholab, mazkur markazlarda oʻzlarining mutaxassislari bilan birgalikda tajriba almashish boʻyicha takliflar bildirdi.

Xalq va armiya ' bir tan-u bir jon

Bugungi xalqaro munosabatlarda mamlakatning rivojlanishi hamda taraqqiyoti oʻrnatilgan tinchlik va osoyishtalikka bogʻliq boʻlib qolmoqda. Qaysiki davlatda notinchlik, ommaviy tartibsizliklar, qurolli mojarolar, harbiy toʻqnashuvlar yuz beradigan boʻlsa, shu davlatda iqtisodiyot, sanoat, ishlab chiqarish, sogʻliqni saqlash va taʼlim kabi tarmoqlar sezilarli darajada zaiflashadi. Shu bois har bir davlatning xavfsizligi, fuqarolarning tinch-osoyishta hayotini taʼminlashda Qurolli Kuchlarning ahamiyati yuqori hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tashabbuslari va koʻrsatmalari bilan keyingi yillarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan oʻzgardi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashga qodir boʻlgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi.

Milliy armiyamiz har qanday xavf-xatarlarga munosib javob qaytara oladigan mustahkam qudratga ega boʻldiki, bu, avvalo, tinchliksevar xalqimizning yuksak matonati, vatanparvar oʻgʻlonlarimizning birligi, harbiy xizmatchilarimizning jamiyat hayotidagi faol ishtirokida yaqqol koʻrinadi. Minglab yoshlar koʻz oʻngida qoʻshinlarning jangovar salohiyati, harbiy qudrati, zamonaviy texnika, qurol-yarogʻlardan yuqori saviyada foydalana olish koʻnikmalari namoyon etilishi natijasida ertamiz egalari qalbida qatʼiy ishonch, soʻnmas shijoat, gʻurur va iftixor tuygʻulari joʻsh urmoqda. 'Xalq va armiya ' bir tan-u bir jon'ga aylandi.

Muvaffaqiyatlar va eʼtiroflar

Olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida Mudofaa vazirligi jamoalari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, dunyoning yetakchi armiyalari oʻrtasida munosib oʻrin egallab kelmoqda.

Bu haqda gap ketganda, 'ArMI' xalqaro oʻyinlaridagi muntazam ishtirokini keltirib oʻtish joiz. Jumladan, 2022-yil mazkur xalqaro oʻyinlarning 5 ta yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar bizning davlatimiz hududida oʻtkazildi. Musobaqaning 21 yoʻnalishida qatnashgan jamoalarimiz 6 ta xalqaro rekordni oʻrnatgan holda 7 ta oltin, 10 ta kumush, 5 ta bronza medalga sazovor boʻlishdi va umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni egallashdi.

2023-yil davomida ham harbiy xizmatchilarimiz xalqaro harbiy musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xalqaro turnirlarda 117 ta oltin, 46 ta kumush va 70 ta bronza, jami 233 ta medalga sazovor boʻldi.

Xususan, AQSHning Missisipi shtatida boʻlib oʻtgan 'Eng ilgʻor jangchi' musobaqasida harbiy xizmatchilarimiz yuqori kasbiy mahoratlarini namoyish qilib, faxrli birinchi oʻrinni zabt etdi.

Shuningdek, 2024-yilning 19 ' 29-fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasida oʻtkazilgan VII xalqaro 'Jamoa ruhi' musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 97 foiz natija bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Joriy yil 20 ' 31-may kunlari Turkiya Respublikasida boʻlib oʻtgan 'Eng ilgʻor mergan jamoa' musobaqasida 11 davlatning 36 ta jamoasi orasida oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritish bilan birga bir nechta shartda 5 marotaba rekord natijalarni ham qayd etdi.

Shu maʼnoda, dunyoga mashhur 'Global Firepower Index ' 2023' jurnalida milliy armiyamiz Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, dunyo armiyalari orasida esa 54-oʻrinda eʼtirof etilgani bejiz emas.

Bugungi kunda qoʻshinlarimizning jangovar tayyorgarligi va shayligini oshirish borasida qator yetakchi davlatlar armiyalari bilan hamkorlikda treninglar va oʻquvlar oʻtkazilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash mintaqamiz davlatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Qisqa vaqt davomida xorijiy sheriklar bilan 1 200 dan ortiq tadbirlar amalga oshirildi.

Salohiyatli kadrlar tayyorlash muhim masala

Yangi armiyamizning jangovar shayligi va tayyorgarligini keskin oshirishga qaratilgan islohotlar ijrosida kadrlar siyosatini yuritishni zamon talablari darajasiga koʻtarish masalasi bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylandi.

Yaqingacha ofitserlar tarkibining kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni lavozimlarga bosqichma-bosqich tayyorlab borish va malakasini oshirish hamda harbiy taʼlim muassasalarida munosib nomzodlarni oʻqitishda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud edi. Keyingi yillarda uzluksiz harbiy taʼlim tizimini jahon standartlari darajasiga olib chiqish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiy ilm-fan sohasi lokomotiviga aylandi. Oliy harbiy taʼlim muassasalarida yangicha yondashuv va oʻquv uslublari joriy etildi.

Kadrlar zaxirasiga kiritilgan rahbarlik lavozimidagi ofitserlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash nafaqat oliy harbiy taʼlim muassasalarida, balki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida ham olib borilayotir. Shu tariqa ularning xalqaro munosabat, xalqaro huquq, diplomatik etiket va diplomatik protokol yoʻnalishlarida ham bilimlari oshirilmoqda.

Ijtimoiy himoya olgʻa undaydi

Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan davlatimiz rahbarining 2023-yil 3-avgustdagi qaroriga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar uchun qator imtiyozlar joriy etildi.

Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan tashkil etilgan Harbiy-maʼmuriy sektorlar tomonidan 2018 ' 2023-yillarda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi jami 600 dan ortiq obyektlarda kapital qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 2017 ' 2023-yillar davomida 9 525 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan taʼminlandi.

Mudofaa vazirligi tizimida harbiy tibbiyotni yangi zamonaviy bosqichga olib chiqish, harbiy-tibbiy muassasalarni yangidan barpo etish, ularni jahon standartlariga mos ravishda tibbiy apparatlar bilan jihozlash kabi muhim vazifalar bajarildi.

Jumladan, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali hududida yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy apparatlar bilan jihozlangan ultrazamonaviy davolash-diagnostika binosi foydalanishga topshirildi. Harbiy gospitallar faoliyatiga 12 yoʻnalishda 73 turdagi yuqori texnologiyali, shu bilan birga yirik boʻgʻinlarni endoprotezlash, buyrakni koʻchirib oʻtkazish, koronarografiya, yurak toj tomirlarini stentlash kabi jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Barcha yoʻnalishda fidoyilarcha xizmat qilayotgan Qurolli Kuchlar xizmatchilari yuksak bilim va tajribasi, erishgan muvaffaqiyatlariga koʻra 'Jangovar faoliyati uchun', 'Maxsus operatsiyalar kuchlari', 'Malakali ustoz', 'Mudofaa vazirligi aʼlochisi', 'Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun' kabi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanmoqda. Buyuk ajdodlarimizning izdoshi boʻlgan ayol harbiy xizmatchilarga esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi qaroriga binoan taʼsis qilingan 'Toʻmaris' koʻkrak nishoni taqdim etilyapti.

Qutbiddin BURHONOV,

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va

xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
34
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t

26 Jul 10:20
 
32
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

26 Jul 10:20
 
46
0
xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yan

26 Jul 14:25
 
115
0
qalampir.uz

Toshkentda 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

Kecha, 25 iyul kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi uylarning birida 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, tumanning Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida xonadon egasining 2023 yilda tug‘ilgan farzandi “ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli” hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yor