calendar 26 Jul 10:20
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

image

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan.

“Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 metr chuqurlikdan qidirmoqda, ammo kuchli oqimlar jasadni voqea joyidan uzoqqa olib ketgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik erkak selfi tushaman deb suvda cho‘kib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

17 Jul 13:55
 
107
0
xs.uz

Yoshlar tashabbusi bilan futbol maydoni taʼmirlandi

' Tumandagi 20-maktabga qarashli futbol maydonini taʼmirlashga muhtojligi 'Tashabbuskor Yoshlar Markazi' jamoat birlashmasi tomonidan koʻtarildi, ' deydi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori Hamid Jumayev. ' Shu asosda jamoat birlashmasi raisi Ilhom Toshpoʻlatov tomonidan tayyorlangan loyiha gʻolib topilib, taʼmirlash ishlariga 22 million soʻm davlat granti ajratildi. Ushbu mablagʻ evaziga taʼmi