calendar 16 May 16:21
eye 232
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Farhod” bozorida sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal bo‘ldi (video)

image

Kecha, 15 may kuni “Farhod” bozorida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va sotuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal videosi ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Bunga Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 15 may kuni soat 11:00 larda “Farhod” dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan. Unda bozor ma’muriyati chaqiruviga asosan Milliy gvardiya va profilaktika inspektori yetib kelgan. Ular noqonuniy yerusti savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borgan.

Fuqarolar qatorida qulupnay sotayotgan, ushbu bozorda muntazam  janjal chiqarib turadigan fuqaro G.S. va B.M.lar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va faol qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘targan.

Shundan so‘ng, fuqarolar o‘rnatilgan tartibda hududiy profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib borilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 194-1 (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir qilganliklari yuzasidan, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborildi”, deyiladi munosabatda.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
174
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma