calendar 15 May 23:01
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda kotlovan qazilayotgan vaqtda qo‘shni uy qulab tushdi (video)

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgani haqida videotasvirlar tarqalgandi. Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur ob’ekt viloyatning Juma shahridagi “Samarqand” MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy bo‘lib, haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois qo‘shni uyga zarar yetgan.

“Uy qulashiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Mazkur holat tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi tomonidan ham o‘rganilgan. Aniqlanishicha, fuqaro B.I. tomonidan savdo majmuasi sifatida foydalanish uchun "Samarqand" mahallasida barpo etilayotgan majmuada qurilish qoidalariga rioya qilinmagan. Uy qulashi oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qurilishi bitmagan binoning beton bo‘laklaridan biri qulab tushgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

13 May 14:37
 
111
0
xs.uz

“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br

13 May 14:37
 
33
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

13 May 14:37
 
104
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga