calendar 16 May 16:52
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Haj – 2024” mavsumi qachondan boshlanishi ochiqlandi

image

O‘zbekistonda Haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Xususan, Respublikaning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar Haj safariga yuboriladi.

Barcha parvozlar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi joriy mavsumga tayyorgarlik ishlarini turli yo‘nalishlarda jadal davom ettirmoqda. Ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
44
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim

18 Jun 21:55
 
183
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toʻqayevga samimiy qabul va 'Markaziy Osiyo ' Xitoy' ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.Sizning 'Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻzaro hurmat, o

13 Jun 00:38
 
27
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi