calendar 16 May 15:33
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

image

“Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi xodimi pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda DUK axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, DUKning “Harakat” xizmati xodimi X.N. fuqaro D.M. ning ishonchiga kirib, uni 2 000 000 so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan. Tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda X.N. fuqarodan 1 000 000 so‘m miqdorda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

X.N. ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining ikki tumani va Samarqand viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Buyuk oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, bu dargoh nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi boʻlishi zarurligini taʼkidladi.Davlatimiz rahbarining tashabbusi va gʻoyasi asosida bunyod etilayotgan ushbu majmuada yurtimizdagi islom madaniyati bilan bogʻli

31 Jan 15:20
 
23
0
xs.uz

Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.R.ning 'Monza' rusumli avtomashinasi salonidan tarkibida 'Tropikamid' moddasi mavjud boʻlgan 64 dona yelim idishda suyuqlik va 'Pregabalin' moddasi mavjud boʻlgan 19 dona oq-qizil rangli

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish b

27 Jan 00:53
 
31
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu