Anomal sovuq natijasida qiyinchilik koʻrgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi


Foto: Arxiv surat
Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.
“Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Koʻplab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman”, — dedi Prezident.
Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).
Hisob-kitobga koʻra, zarur choralar koʻrilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot oʻsishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).
“Oldimizda dolzarb vazifa — «qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, iqtisodiyotda yoʻqotishlar oʻrnini qoplash va biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli
Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj
Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak