calendar 03 Jul 12:31
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir

Aybdorlar muqarrar jazoga tortiladi – Mirziyoyev

image
image

Ayirmachilikka, ommaviy tartibsizliklarga, hokimiyat organlariga zo'ravonlik yo'li bilan qarshilik ko'rsatishga daʻvat etadigan har qanday harakatlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq keskin chora ko'riladi, aybdorlar esa muqarrar jazoga tortiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuvda aytib o'tdi. 

"Dengizning qurigan qismida 1 million 733 ming gektar maydonda yashil hududlar barpo etildi. Orolbo'yi hududining o'simlik va hayvonot dunyosini tiklash bo'yicha besh yillik milliy dastur ishlab chiqilmoqda. Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalasi birinchi marta davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Yuksak xalqaro minbarlardan doimo Orol muammosiga jahon jamoatchiligi eʻtiborini qaratib kelmoqdamiz.

To'liq ishonch bilan aytamanki, Qoraqalpog'istonda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar bundan buyon ham albatta izchil surʻatlarda davom ettiriladi. 

Chunki Qoraqalpog'istonning taqdiri – bu O'zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun o'zbek xalqining baxti va farovonligidir. 

Men hayot sinovlarida toblangan qoraqalpoq xalqining donishmandligiga ishonaman va ularni aql-idrok bilan ish tutishga, turli xil,  jumladan, chetdan bo'layotgan g'arazli chorlov va harakatlarga aldanmaslik, ularning qurboniga aylanmaslikka chaqiraman. 

Ayirmachilikka, ommaviy tartibsizliklarga, hokimiyat organlariga zo'ravonlik yo'li bilan qarshilik ko'rsatishga daʻvat etadigan har qanday harakatlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq keskin chora ko'riladi, aybdorlar esa muqarrar jazoga tortiladi. 

Aminmanki, Qoraqalpog'istonning mehnatkash, donishmand, olijanob va bag'rikeng eli mana shunday murakkab davrda o'zbek va qoraqalpoq xalqlari taqdirining birligi va yaxlitligiga, og'izbirchiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarini bundan buyon ham ko'z qorachig'idek asrab-avaylab yashaydi. 

Sodir bo'lgan voqealar bizni yanada hushyor va sezgir bo'lishga chaqiradi. Bugun jonajon O'zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun, farzandlarimiz va nabiralarimizning yorug' kelajagini taʻminlash uchun metin iroda, jipslik va yakdillik har qachongidan ham zarurdir", deydi Mirziyoyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
67
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

14 Apr 06:18
 
51
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v

24 Mar 13:25
 
87
0
xs.uz

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qil

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu