calendar 23 Apr 12:10
eye 52
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekiston birinchi marta Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida ishtirok etmoqda

image

O‘zbekiston 2022-yilda ilk bor Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida ishtirok etmoqda. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

Ta’kidlanishicha, Venetsiyadagi 59-Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Space Caviar arxitektura-tadqiqot studiyasi va kuratori Sheida Gomashi tomonidan yaratilgan “Dixit Algorizmi – bilimlar bog‘i” loyihasini taqdim etyapti.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

“O‘zbekiston pavilyoni olim va mutafakkir Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ijodini aks ettiradi. Pavilyonda texnologiyaga oid turli nuqtayi nazarlar taqdim etiladi va bu hodisaning xilma-xilligi, chuqurligi va murakkabligi keng jamoatchilik dasturi ishtirokchilari tomonidan muhokama qilinadi”, — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengash raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Venetsiya biyennalesida ikkinchi bor ishtirok etmoqda.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

Bu safar buyuk olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy merosidan ilhomlangan holda “Dixit Algorizmi – The Garden of Knowledge” loyihasini taqdim etmoqdamiz. Bu yilgi pavilyonimiz “Bilimlar bog‘i”ga aylandi. Unda o‘zbekistonlik rassomlar, kurator va san’atshunoslar boshqa yurtlardan kelgan hamkasblari bilan uchrashib, yangi g‘oyalarni muhokama qilib, tajriba almashadi.

Butun ko‘rgazma davomida pavilyonimizda o‘zbek va xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi boy ommaviy madaniy dastur taqdim etiladi. Dasturning birinchi qismida O‘zbekistondan 14 nafar ijodkor qatnashadi. Nomoddiy meros ko‘rgazmasi, olamga falsafiy nazar, odamzodning o‘y-xayolini qamrab olgan mulohazalar... Bularni ko‘rishning imkoni yo‘q, ammo his qilish mumkin.

G‘oya va maqsadlarimiz ijod ahli qalbidan joy egallashiga umid qilgan holda, mehmonlarga xush kelibsiz, deymiz, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova kurator Sesiliya Alemaniy tomonidan tanlangan mavzu jamg‘armaning g‘oyalari va zamonaviy san’at sohasidagi joriy yo‘nalishiga mos kelishidan juda mamnunligini qayd etdi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

“Chunki biz faoliyatimizning barcha jabhalarida fanlararo yondashuvni targ‘ib qilishga intilamiz. Ko‘rgazmaning butun davri davomida pavilyonda ilmiy-ommabop va yuqori ixtisoslashtirilgan tadbirlarning boy dasturi bo‘lib o‘tadi.

Pavilyon maydonida butun dunyodan taniqli rassomlar, kuratorlar va zamonaviy san’at nazariyotchilari, shuningdek, O‘zbekistondan yosh rassomlar va kuratorlar yig‘iladi. Dastur doirasida suhbatlar, chiqishlar va an’anaviy o‘zbek she’riyati tanlovi o‘tkaziladi”, — deydi Gayane Umerova.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

Qayd etilishicha, ko‘rgazma 23-apreldan 27-noyabrga qadar davom etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

XODIMLAR IShTIROKIDA PSIXOLOGIK TRENING

IIV TvaTOXTD mutaxassis psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining ma'naviy-ruhiy holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi. Treningda asosiy e'tibor jamoada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy ruhiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi. Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishida mas'uliyat hissini yanada oshirish ko‘zda tuti

04 Apr 16:19
 
45
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

20 Mar 12:50
 
67
0
postda.uz

BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI

Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning,

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi

Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida