calendar 20 Mar 12:50
eye 78
comments 0
comments Manba: postda.uz

BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI

image

Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning, xususan, kiberjinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar borasida to‘xtaldi. 

Sohaviy xizmat rahbarlari esa mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilgan va bajarilishi rejalashtirilgan ishlar xususida gapirib, ayni paytda dolzarb va ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan holatlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shov-shuvli xabarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishdi. Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari viloyat IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashining faoliyati bilan ham tanishishdi.

Anjuman yakunida viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining yangidan foydalanishga topshirilgan binosi, ma'muriy amaliyot markazi faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda soha tarixiga oid muzey bilan yaqindan tanishildi.  

Mahliyo XOLOVA,

o‘z muxbirimiz.

Navoiy viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
12
0
xs.uz

Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi

Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyas

31 May 08:50
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

08 Jun 02:27
 
26
0
xs.uz

“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj

Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be

08 Jun 02:26
 
15
0
xs.uz

Ozarbayjon – Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi moliyalashtirishda nimalarga eʼtibor qaratmoqda?

Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) 2023 yilda Ozarbayjon va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma tashabbusi bilan tashkil etildi. 500 million dollar ustav kapitali bilan u ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yoʻnalishni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi ' har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali koʻmaklashish. Shuningdek, turli miqyos va sohalardagi kompaniyalarni bevosi