calendar 25 Mar 19:13
eye 56
comments 0
comments Manba: daryo

Bahor valsiga xirom aylayotgan andijonlik raqqosalar, xorijliklarni o‘ynatgan buxorocha kuy — Andijon va Buxoroda Navro‘z (foto, video)

image

Barcha viloyatlarda bo‘lgani kabi sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi Andijon va Buxoro viloyatlarida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Har ikki viloyatning barcha shahar va tumanlarida, korxona va tashkilotlar, muassasa va mahallalarda konsert dasturlari, sayillar va sport bellashuvlari o‘tkazildi. Viloyatning markaziy tadbiri va hududlarda o‘tkazilgan Navro‘z tantanalarida ishtirok etgan “Daryo” muxbirlari bayram sayillarining eng qiziq jihatlarni tasvirga oldi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Andijondagi bayram dasturlarida xalq o‘yinlari, folklor san’atining eng sara namunalari, o‘lan-laparlar, badiiy havaskorlik jamoalari, dorbozlar, sirk artistlari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar o‘z chiqishlarini namoyon qildi. Qolaversa, hunarmandchilik ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Viloyatning asosiy tadbiri Andijon shahridagi Olimpiya zaxiralari sport kollejida bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilar, folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan xalqona kuy-qo‘shiqlar, o‘lan-laparlar aytildi. Viloyat bo‘ylab o‘tgan bayram tadbirlarda Sanobar Rahmonova, Ilhom Jo‘rayev, Mansurxon Nurmatov, Bahrom Nazarov, Abror Azizov, G‘anisher Abdullayev kabi san’atkorlar ishtirok etdi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Bayram munosabati bilan Baliqchi tuman markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida tuman hokimi sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqada respublika bo‘yicha hamda qo‘shni Qirg‘izistondan kelgan yuzga yaqin polvonlar bellashdi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Murosasiz bahslarda mutlaq g‘olib deb topilgan baliqchilik Muhammadjon Iskandarovga tuman hokimining bosh sovrini — toychoq topshirildi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Andijonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sayillar va tadbirlar davom etmoqda.

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Buxoro viloyatida ham Navro‘z bayramining asosiy tadbiri Buxoro shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Yoshlar markazi joylashgan hudud oldidagi maydon bayramona bezatilib, yarmarkalar va ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Viloyat tadbirida so‘z olgan Buxoro hokimi Botir Zaripov yig‘ilganlarni yasharish va yangilanish ayyomi bilan samimiy tabriklar ekan, joriy yilda ob-havoning noqulay kelgani bois, “Navro‘z” sayllari ochiq maydonlarda tashkil etilmaganini ta’kidladi.

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar namoyishiga aylangan mazkur tadbirda milliy madaniy markazlar faol ishtirok etgan. Ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etildi. Ayniqsa, tantanada xorijlik sayyohlarning ham jalb etilgani bayram kayfiyatini yanada oshirgan.

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

“Bu mening Buxoroga ikkinchi marotaba kelishim. To‘g‘risi, pandemiyadan buyon bunday ko‘tarinki kayfiyatdagi marosimlarda qatnashmagan ekanman. Xursand bo‘ldim. Miriqib raqsga tushdim”, — deydi germaniyalik sayyoh Blum Yellin.

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Kanadadan kelgan Ian Garet O‘zbekistonning milliy bayrami unga iliq taassurot qoldirganini bildirdi.

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

“O‘zbekiston — umumiy uyimiz! Buxoro sharif ham shu mustahkam uyning yuragi. Buxoroda kechadigan hech bir bayram xorijlik sayyohlarsiz o‘tmaydi. Bugun ham Navro‘zni ular bilan birgalikda nishonlayapmiz. Tinch va osoyishta yurtimizga bayramlar yarashadi. O‘zbekona aytganda, boshimiz to‘ydan chiqmasin”, — deydi viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

16 Apr 09:12
 
34
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

20 Mar 12:55
 
84
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

04 Apr 16:20
 
58
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold